Tanlovning asosiy maqsadi talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mutolaa madaniyatini oshirish, ma’naviy-ma’rifiy salohiyatni yuksaltirish hamda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.
🤔 Tanlov ikki shart asosida o‘tkazildi:
1️⃣ “Annotatsiya mahorati” – ishtirokchilar “Men yoqtirgan asar” nomi ostida o‘zlari sevib o‘qigan asarlar haqida qisqacha annotatsiyalar taqdim etdilar.
2️⃣ “Eng kitobxon jamoa” – savol-javob va test shaklida o‘tkazilib, ishtirokchilarning asarlarni chuqur o‘rganish darajasi baholandi.
🏆 Yakuniy natijalarga ko‘ra faxrli o‘rinlarni quyidagi jamoalar qo‘lga kiritdilar:
🥇 1-o‘rin Kiberxavfsizlik fakulteti jamoasi
🥈 2-o‘rin AKT sohasida kasb ta’limi fakulteti jamoasi
🥉 3-o‘rin Televizion texnologiyalar fakulteti jamoasi
🎗 G‘olib bo‘lgan talabalarga diplomlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.
📖 Ushbu tanlov nafaqat talabalarning kitob o‘qishga bo‘lgan mehrini oshirdi, balki ularni tafakkur, nutq madaniyati va bilim boyligini kengaytirishga undadi.
📌 Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar faol ishtiroki uchun minnatdorlik bildirildi hamda kitob mutolaasini kundalik hayotga singdirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.








