TATUda “Guided Hackathon: Game Development” hakatoni bo‘lib o‘tdi!

  • Asosiy
  • TATUda “Guided Hackathon: Game Development” hakatoni bo‘lib o‘tdi!

Joriy yilning 18–20-oktabr kunlari talaba-yoshlar o‘rtasida “GITA” dasturchilar akademiyasi hamkorligida “Guided Hackathon: Game Development” hakatoni o‘tkazildi.

😈Mazkur hakatonda jami 86 nafar iqtidorli talaba-yoshlar ishtirok etib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini Android hamda Desktop yo‘nalishlari bo‘yicha sinovdan o‘tkazdilar. Ular qisqa vaqt ichida o‘z jamoalari bilan Android platformasi va kompyuter (desktop) uchun turli o‘yin loyihalarini ishlab chiqdilar.

🏆G‘olib va sovrindorlar quyidagilar:
Android yo‘nalishi bo‘yicha:
🥇1-o‘rin — Murodxonov Umarxon (AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti);
🥈 2-o‘rin — To‘xtaqulov Sunnat (Kompyuter injiniringi fakulteti);
🥉3-o‘rin — Pardayev Mansur (Dasturiy injiniring fakulteti).

Desktop yo‘nalishi bo‘yicha:
🥇1-o‘rin — Rahmatullayev Ozodbek (Radio va mobil aloqa fakulteti);
🥈2-o‘rin — “Algoritm” jamoasi (Sotiboldiyev Asadbek, Komoliddinov Hasan — Kompyuter injiniringi fakulteti);
🥉3-o‘rin — “Zcoders” jamoasi (Miradhamova Nilufar, Miradxamov Mirafzal, Raxmiddinov Azizbek — Radio va mobil aloqa fakulteti).

🗣Qo‘shimcha nominatsiyalar:
⏺ Eng yaxshi dizayn — Hazratqulov Jahongir (Kompyuter injiniringi fakulteti);
⏺ Eng kreativ yondashuv — Naimova Sevinch (Kiberxavfsizlik fakulteti);
⏺ Sun’iy intellektdan samarali foydalanish — Saidova Malika (Dasturiy injiniring fakulteti).

✅Tadbir yakunida g‘olib va sovrindor ishtirokchilarga sertifikatlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

🔺TATU talabalari uchun bu hakaton nafaqat o‘z bilimlarini amalda sinovdan o‘tkazish, balki yangi g‘oyalar va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatini ham berdi.