TATU talabalariga Janubiy Koreyaning Gachon universiteti dotsenti ingliz va o‘zbek tilida onlayn dars o‘tishni boshladi

  • Asosiy
  • TATU talabalariga Janubiy Koreyaning Gachon universiteti dotsenti ingliz va o‘zbek tilida onlayn dars o‘tishni boshladi

Joriy yilning 9-aprel kunidan boshlab Janubiy Koreyaning Gachon universiteti Kompyuter injiniring bo‘limi dotsenti, PhD Akmalbek Abdusalomov tomonidan Cisco WebEx Meetings  Server orqali TATUning Dasturiy injiniring va Kompyuter injiniring fakulteti 2 bosqich talabalariga "Dasturiy injiniringga kirish" fani bo‘yicha ingliz va o‘zbek tilida onlayn mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

- Talabalarimizga masofadan turib bo‘lsada sifatli hamda eng zamonaviy fanlar bo‘yicha onlayn darslar tashkil etmoqdamiz. Bu borada xorijda faoliyat yuritayotgan hamkasblarimizni ham jalb qilib, talabalarga masofaviy taʼlim berish maqsad qilganmiz, - deydi dasturiy injiniringgi fakulteti dekani B.Akbaraliyev.

Mashg‘ulotlar 15 hafta davomida muntazam ravishda payshanba kunlari soat 14:00 bo‘lib o‘tishi belgilandi.

Barcha talabalarni ushbu onlayn darsda qatnashishlarini so‘rab qolamiz. Zero, karantin davrida ham masofaviy taʼlim orqali bilimlaringizni oshirib boring.

TATU matbuot xizmati