TATU kibersport jamoasi O‘zbekiston terma jamoasi sifatida xalqaro turnirda ishtirok etmoqda
🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Honor of Kings jamoasi O‘zbekiston terma jamoasi sifatida Road to Asian Games 2026 turnirida ishtirok etish uchun Malayziyaga yetib bordi.
🤝 Ayni paytda jamoa rasmiy media-tadbirlarda qatnashmoqda hamda murabbiylar shtabi bilan birgalikda musobaqaga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
📅 O‘zbekiston terma jamoasining turnirdagi ilk uchrashuvi 13-iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
🌍 Mazkur musobaqa Osiyo mintaqasining eng nufuzli kibersport turnirlaridan biri hisoblanadi. Unda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan TATU jamoasiga omad va muvaffaqiyat tilaymiz.