16-17 may kunlari 9 may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida mini-futbol, stol tennisi hamda shaxmat sport turlaridan musoboqalari o‘tkazildi. Musoboqalarda barcha kafedra va bo‘limlardan professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etdi.
Sport musoboqasining birinchi kunida fakultet va bo‘limlar o‘rtasida mini-futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Qiziqarli kechgan musobaqada 1 o‘ringa Dasturiy injiniring fakulteti, 2-o‘ringa AKT sohasida Kasb-ta’limi fakulteti hamda 3-o‘rinni Foydalanish xizmati xo‘jaligi bo‘limi egalladi. G‘olib jamoalarga universitetning ko‘chma kubogi va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Musoboqaning ikkinchi kunida erkaklar va ayollar o‘rtasida stol tennis hamda shaxmat bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.
Erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan shaxmat musobaqasida 1-o‘rin Jismoniy tarbiya kafedrasi kabinet mudiri A.Mamatov, 2-o‘rin AKT kafedrasi assistenti B.Zulfikarov va 3-o‘rinni FXX bosh muhandisi M.Nazarov egalladi. Ayollar o‘rtasida esa ATDT kafedrasi katta o‘qituvchisi M.Doshanova 1 -o‘rinni egalladi.
Stol tennisi bo‘yicha qizg‘in kechgan baxslarda 1-o‘rin Jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri O.Erdonovga, 2-o‘rin A.Mamatov, 3-o‘rinni M.Nazarovga nasib etdi.
Musoboqada ishtirok etib g‘olib va sovrindor bo‘lgan barcha ishtirokchilarga universitetning Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan estalik sovg‘alari topshirildi.