Sejong universiteti Janubiy Koreyaning Seul shahrida joylashgan. 1940 yilda tashkil etilgan, dastlab Kyung Sung Gumanitar fanlar instituti(Kyung Sung Humanities Institute) deb nomlangan. Chosun sulolasining to‘rtinchi qiroli va koreys tili alfaviti (Hangul)ni ixtirochisi Buyuk Sejong nomiga bag‘ishlab, 1978 yilda Sejong universiteti nomi berilgan. U xususiy universitet hisoblanadi.
Sejong universiteti mehmonxona boshqaruvi va gimnastika yo‘nalishlari bo‘yicha mashhur. Sana’t va jismoniy ta’lim, mexmondo‘stlik va turizm boshqaruvi bo‘yicha dunyoda yuqori o‘rinda turadi.
2007 yilda Sejong universiteti Biznes boshqaruvi kafedrasi "Ilg‘or biznes universitetlar assotsasiyasi" AACSB (the Association to Advance Collegiate School of Business) reytingida Seul milliy universiteti, Koreya universiteti va KAIST dan keyin 4-o‘rinni egalladi.
Janubiy Koreya universitetlari ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinda, Osiyoda kichik va o‘rta hajmdagi tibbiiyot yo‘nalishi bo‘lmagan universitetlar ichida 18-o‘rinda turishi Chosun Ilbo-QS tomonidan belgilangan.
Sejong universitetida 9 ta yo‘nalishlari va 7 ta magistratura mutaxasisliklari mavjud:
•Liberal sana’t (Koreya tili va adabiyoti, Ingliz tili va adabiyoti, Yapon tili va adabiyoti, Tarix);
•Ijtimoiy fanlar (Savdo va Iqtisod, Davlat boshqaruvi, Muloqot san’ati, Xitoy savdosi va kommersiyasi);
•Biznesni boshqaruv;
•Mexmondo‘stlik va turizm boshqaruvi (Turizm boshqaruvi, Taom xizmat boshqaruvi, Mehmondo‘stlik boshqaruvi);
•Tabiy fanlar (Matematika, Statistikani tadbiq etish, Fizika, Astronomiya va fazo fanlari, Ximiya, Atrof muhit va energetika);
•Hayot fanlari (Texnologiya va bio-integrallashgan fanlar, Molekula biologiyasi, Bio-resur muxandisligi);
•Axborot va elektronikalar muxandisligi (Elektronika muhandisligi, Axborot kommunikatsiya muxandisligi, Optika muxandisligi, Kompyuter fanlari va muxandisligi, Axborotlar himoyasi, Raqamli kontentlar);
•Muhandislik (Arxitektura, Geoiformatika, Mexanika, Nano texnologiya, Yadro energiyasi);
•Sana’t va jismoniy ta’lim (Rasm, Sanoat dizayni, Moda dizayni, Raqs, Multfilm va animatsiya, Film san’ati).
Sejong universiteti Seul shahrining sharqiy xududida joylashgan, universitet teritoriyasi 118,262 kv.m. Universitet hududida umumiy 23 ta binosi bo‘lib, u yerda xususiy boshlang‘ich maktabi va talabalar markazi ham joylashgan. Universitet binolari Koreyaning milliy uslubida qurilgan va samarali ta’lim berish uchun kerakli barcha sharoitlar bilan ta’minlangan. Universitet teritoriyasidagi tashkil etilgan Internet tarmog‘i barcha talabalarni va professor-o‘qituvchilarni doimo aloqada bo‘lishiga imkon beradi va barcha yangiliklardan xabardor qilib turadi. Universitetnig kutubxonasi 10 qavatdan iborat alohida bino, 3270 talaba uchun o‘quv stollari bo‘lib, turli axborot resurs markazlari mavjud. Sejong universitetining muzeyida asarlar va antiqa buyumlar ko‘rgazmasi tashkil etilgan.
Sejong universitetida akademik o‘quv yili 1 martda boshlanib 28 fevralga qadar davom etadi, buning ichida 32 hafta o‘qish davri, qolgan vaqt qishgi va yozgi tatil uchun ajratiladi.