18-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Bonch Bruevich nomidagi Sank-Peterburg davlat telekommunikatsiya universitetining magistratura bo’limi direktori Aleksandr Nikolaevich Buchatskiy va universitetgacha tayyorgarlik bo'limi boshlig'i Tatyana Viktorovna Drobina bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuvlar davomida kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan hamkorlikdagi faoliyat yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Muzokaralar chog'ida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
- Universitetlar o’rtasida almashinuv dasturlari, amaliyot o’tash, Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiya universitetining magistraturasida tahsil olish;
- Televizion texnologiyalar fakulteti tashabbusi bilan ochilayotgan media-markaz hamda Sank-Peterburg davlat telekommunikatsiya universiteti media-markaz bilan hamkorlik (ACM konsepsiyasi doirasida);
- Taraflarning kelishuviga muvofiq qisqa muddatli qayta tayyorlash kurslarini, o'qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar uchun seminarlar tashkil etish;
- Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiya universitetiga magistraturaga va bakalavrga qabul qilish masalalari;
- Birgalikdagi kadrlar tayyorlash dasturi (2 + 2 yoki 3 + 1 dasturlarini ishlab chiqish hamda ikkita diplom berish);
- Universitetlar aro talabalar ishlanmalari ko'rgazmalarini, tanlovlarni, mahorat darslarini tashkil qilish;
- Universitet o’qituvchilari uchun malaka oshirish va mahorat darslarini o’tkazish;
- Erasmus + dasturi doirasida qo'shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish.
Ma’lumot o’rnida aytib o’tish kerakki, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Bonch Bruevich nomidagi Sank-Peterburg davlat telekommunikatsiya universiteti taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasining “Talabalar media markazi assotsiatsiyasi(ACM)”ga a’zo bo’lgan edi.
TATU matbuot xizmati