TATU “Talabalar media markazi assotsiatsiyasiga” a’zo bo’ldi!

  • Asosiy
  • TATU “Talabalar media markazi assotsiatsiyasiga” a’zo bo’ldi!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Bonch Bruevich nomidagi Sank-Peterburg davlat telekommunikatsiya universiteti taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasining Talabalar media markazi assotsiatsiyasi(ACM)ga a’zo bo’ldi.

A’zolikdan ko’zlangan maqsad, TATU hamda “Talabalar media markazi assotsiatsiyasiga” o’rtasida umumiy media kontent yaratish, shuningdek, talabalarning bilim va malaka almashinuvi jarayonini amalga oshirish hisoblanadi.


ACMning asosiy vazifasi butun Rossiya Federatsiyasi talabalarining yagona media portalini rivojlantirish bo’lib, media markaz yordamida yoshlarning ta’lim olish jarayoni, innovatsion ishlanmalarini hamda talabalar uchun eng maqbul yagona media kontent yaratishni ko’zlagan.

Ma’lumot o’rnida aytish kerakki, assotsiatsiya 2015-yilda tashkil etilgan va Rossiya Federatsiyasida 50 dan ortiq a’zolariga ega. Media markaz haqida batafsil ma’lumotni studentmedia.ru saytidan olishingiz mumkin.