Joriy yilning 31-oktyabr va 1-noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining M.A.Bonch-Bruyevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universitetida “Repost” - talabalar media-festivali boʼlib oʼtdi.
Talabalar media-festivalidan koʼzlangan maqsad - yosh, iste'dodli talabalarning media sohasidagi ijodiy ishlarini qo'llab – quvvatlash hamda talabalar orasida kommunikativ aloqalarni rivojlantirish va talaba-yoshlar tajriba almashishlari uchun yagona axborot muhitini yaratish hisoblanadi.
Ushbu media-festivalda universitetimiz vakillari - “Televizion texnologiyalar” fakulteti dekani Nuraliyev Faxriddin Murodillayevich, “Elektronika va radiotexnika” kafedrasi assistenti Bayjonova Lyudmila Egamberdiyevna (TATU) va “Telekommunikatsiya injiniringgi” kafedrasi katta oʼqituvchisi, Turgunov Bekzod Abdivositovich “Telekommunikatsiya injiniringgi” kafedrasi katta oʼqituvchisi, Porubay Oksana Vitaliyevna “Axborot texnologiyalari” kafedrasi katta oʼqituvchisi, “Axborot texnologiyalari” kafedrasi assistenti Akramova Gulyora Abduxalikovna (TATU Fargʼona filiali) - jami 6 nafar professor-oʼqituvchilar ishtirok etishdi.
Eʼtiborlisi, ushbu media-festivalda “Televizion texnologiyalar” fakulteti dekani Nuraliyev Faxriddin Murodillayevich TATUda ochilgan oʼquv-media markazinining keng imkoniyatlari haqida tadbir ishtirokchilariga toʼliq maʼlumot berdi.