Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov tomonidan universitetda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, turar joylar holati hamda 2025/2026-o‘quv yili kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari joyida o‘rganildi.
Tashrif davomida universitet hududidagi talabalar turar joylarining holati, o‘quv binolarida mavjud isitish tizimlarining ishlash samaradorligi, energiya ta’minoti hamda xavfsizlik masalalari bilan bir qatorda, dars jarayonining uzluksiz va sifatli tashkil etilishi holati batafsil o‘rganildi va ko‘zdan kechirildi.
Ko‘zdan kechirish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish, ayniqsa sovuq ob-havo sharoitida o‘quv va yashash binolarida qulay, issiq hamda xavfsiz muhitni ta’minlash yuzasidan rektor tomonidan aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. Belgilangan vazifalarning ijrosi mas’ullar zimmasiga yuklatilib, ularning bajarilishi doimiy nazoratga olinishi qayd etildi.
Ushbu chora-tadbirlar talabalarning qish mavsumida ham sifatli ta’lim olishi, xavfsiz va qulay sharoitlarda yashashi hamda ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlashga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etadi.



