TATU-BDIRU Axborot texnologiyalari qoʻshma fakultetiga kirish uchun tayyorlov kurslari

  • Asosiy
  • TATU-BDIRU Axborot texnologiyalari qoʻshma fakultetiga kirish uchun tayyorlov kurslari

TATU

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) Oʻzbekistonning yirik universitetlaridan biri hisoblanadi. Dastlab TATU 1955 yilda Toshkent elektrotexnika aloqa instituti sifatida ochilib, Oʻrta Osiyo mintaqasida kommunikator muhandislarini tayyorlashda ixtisoslashgan yagona OTM boʻlgan. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti qarori bilan universitetga buyuk olim Muhammad al-Xorazmiy nomi berilgan edi. Hozirda TATU AKT sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha yetakchi universitetlaridan biridir.

BDIRU

Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universiteti (BDIRU) Belorussiyaning yirik milliy ilmiy-taʼlim markazi boʻlib, oʻquv va ilmiy faoliyat olib borish uchun ulkan imkoniyatlarga ega OTM hisoblanadi. Universitet zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlangan va rivojlangan infratuzilmaga ega. Universitetda taʼlim olish va ilmiy-tadqiqot faoliyatni yuritish uchun barcha zarur shart-sharoitlar mavjud.

TATU-BDIRU Axborot texnologiyalari qo'shma fakulteti

2018 yil 13 sentyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universiteti oʻrtasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun Axborot texnologiyalari qoʻshma fakultetini tashkil etish toʻgʻrisida shartnoma imzolandi. Ushbu shartnomaga binoan 2019-2020 oʻquv yildan boshlab TATUda TATU-BDIRU Axborot texnologiyalari qoʻshma fakultetiga quyidagi yoʻnalishlari boʻyicha oʻqitishga qabul qilinadi:

  • axborot texnologiyalarning dasturiy taʼminoni;
  • dasturlanadigan mobil tizimlar;
  • sunʼiy tafakkur.

O'QITISH BOSQICHLARI

TATU-BDIRU Axborot texnologiyalari qoʻshma fakultetida oʻqish “2+2” sxemasi asosida amalga oshiriladi, 2 yil TATUda, 2 yil BDIRUda 2 yil.

Talabalar nima olishadi?

TATU-BDIRU Axborot texnologiyalari qoʻshma fakultetini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar IKKI DIPLOMGA ega boʻlishadi.

TATU-BDIRU AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI QOʻSHMA FAKULTЕTI TAYYORLOV KURSLARI

TATU-BDIRU Axborot texnologiyalari qoʻshma fakulteti qoshida TATU va BDIRU yuqori malakali oʻqituvchilar tomonidan 9 oy davomida quyidagi fanlar boʻyicha tayyorlov kurslar tashkil qilinmoqda:

  1. Rus tili                             4 oy
  2. Ingliz tili + Informatika     1 oy
  3. Matematika + Fizika        4 oy

Talabalar oʻqitishning umumiy soatlar hajmi 1120 soat tashkil qiladi.

Oʻqitish uchun toʻlov summasi oyiga 500 000 soʻm boʻladi.

Bu nima beradi?

Tayyorlov kurslar fanlari boʻyicha imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan tinglovchi BDIRU sertifikatiga hamda muddatdan oldin TALABA boʻlishga imkoniyatiga ega boʻladi.