30 noyabr – 2 dekabr kunlari poytaxtimizda Open Data Challenge-2018 (Xakaton) – dasturchilar tanlovi boʻlib oʻtadi

  • Asosiy
  • 30 noyabr – 2 dekabr kunlari poytaxtimizda Open Data Challenge-2018 (Xakaton) – dasturchilar tanlovi boʻlib oʻtadi

30 noyabr – 2 dekabr kunlari poytaxtimizda Open Data Challenge-2018 (Xakaton) – ochiq maʼlumotlardan foydalangan holda ilovalar ishlab chiqish boʻyicha anʼanaviy tanlov boʻlib oʻtadi. Bu dasturchi jamoalarning ochiq hukumat maʼlumotlariga asoslangan holda dasturiy mahsulotlarni tezkor surʼatda ishlab chiqish boʻyicha oʻtkaziladigan tanlovdir.

Tashabbuskor – Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.

Tashkilotchilar – “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi, Toshkent shahridagi Inha universiteti, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Oʻzbekistondagi loyihalari kordinatori, Birlashgan millatlar tashkiloti Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi vakilligi, Jahon bankining Toshkentdagi vakilligi.

Hamkorlar - “UZINFOCOM” MCHJ yagona integratori, ICT News, INFOCOM.UZ jurnallari.

Open Data Challenge tanlovining boshqa tanlovlardan farqi shundaki, ishtirokchi va ishtirokchilar guruhlari aniq belgilab berilgan muddat ichida harakatlanishlari lozim: bu muddat ichida abstrakt gʻoyalar yangi veb yoki mobil xizmatlarning tajriba namunalariga yohud alfa-koʻrinishlariga keltiriladi.

Toʻrt kunlik faoliyat natijasida, Open Data Challenge-2018 ishtirokchilari jamiyatning barcha jabhalarida: moliya, transport, taʼlim, axborot texnologiyalari, sogʻliqni saqlash, ekologiya va h.k. foydali boʻlgan yangi loyihalarni taqdim etadilar. Shunday qilib, mobil va veb-ilovalar tadbirning moddiy mahsuli boʻladi. Loyihalarni ishlab chiqishdan tashqari, Xakaton doirasida dasturchilar uchun ochiq maʼlumotlar bilan ishlashga oid treninglar boʻlib oʻtadi.