Matematikadan xalqaro olimpiadaga marhamat!

  • Asosiy
  • Matematikadan xalqaro olimpiadaga marhamat!

Barcha matematikadan iqtidori bor talabalarni 2018 yilda ilk marotaba oʻtkazilayotgan Al-Xorazmiy xalqaro olimpiadasi (AKHIMO)da ishtirok etishga taklif qilamiz. Ushbu xalqaro olimpiada 2018 yilning 26-31 oktyabr kunlari Urganch davlat universitetida oʻtkazilmoqda.

Oliy taʼlim muassasasi Olimpiadadagi ishtirokini onlayn tarzda www.akhimo.uz rasmiy saytda guruh tarkibini koʻrsatgan holda roʻyxatdan oʻtib yoki tashkiliy qoʻmita elektron pochta manziliga (akhimo2018@edu.uz) 2018 yil 30 sentyabr sanasigacha rasmiy xat yuborib tasdiqlaydi.

“Al-Xorazmiy” 1-xalqaro olimpiadasi haqida. Ushbu matematika fanidan halqaro olimpiada ikki yilda bir marta oʻtkazilishi belgilangan boʻlib, Oʻzbekiston Milliy universiteti hamda Urganch davlat universitetlari tomonidan tashkil qilingan.

Olimpiadada ishtirok etadigan jamoada 1 nafar rahbar, 1 nafar rahbar oʻrinbosari va 4 nafar konkursant (talaba) ishtirok etishi belgilangan. Ishtirok etuvchi guruh barcha yoʻl kira xarajatlarini mustaqil qoplashi kerak. Yashash, ovqatlanish, ekskursiyalar hamda Urganch aeroporti va Urganch xalqaro aeroporti orasida transfer xarajatlari Tashkiliy qoʻmita tomonidan qoplanadi.