TATUda «mGovAward» respublika tanlovi tashkilotchilari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

  • Asosiy
  • TATUda «mGovAward» respublika tanlovi tashkilotchilari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

Avval xabar qilganimizdek, O‘zbekistonda birinchi marotaba dasturiy ilovalarni ishlab chiqish bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 100 000 AQSh dollarini tashkil etadigan «mGovAward» respublika tanlovi bo‘lib o‘tadi!

Bugun, 9-oktyabr kuni TATUda Toshkentda dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari parki — IT Park mutaxassislar hamda «mGovAward» tashkilotchilari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda TATU rahbariyati, IT Parkning startap loyihalarini rivojlantirish menejeri Nodir Alibekov, maslahatchi J.Parthasarthy, Inkubatsiya va akseleratsiya menejeri Ulug’bek Jalilov hamda TATU talabalari ishtirok etishdi.



Uchrashuvda «mGovAward» respublika tanlovi haqida talabalarga batafsil ma’lumot berildi. Xususan, ushbu tanlovning o’tkazishdan ko’zlangan maqsad - tanlov bosqichlari, ishtirokchilarni saralash, loyihalarni ko’rib chiqish, final-yakuniy bosqich va taqdirlash haqida to’liq ma’lumot berildi.

Shundan so’ng, talabalar tashkilotchilarga tanlov borasidagi o’zini qiziqtirgan savollarni berishdi.

Tanlov bo’yicha batafsil ma’lumotni ushbu havola orqali olishingiz mumkin.

TATU matbuot xizmati