29-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda filiallarida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalari tashkil etildi.
Tadbirning maqsadi - kompaniya, tashkilot va korxonalarga, davlat idoralariga zamonaviy bilimlarga ega isteʼdodli va istiqbolli kadrlarni jalb qilish, yosh mutaxassislarga ishga joylashishda koʻmaklashishdan iborat.
Davlat, xoʻjalik boshqaruvi va joylardagi davlat hokimiyati organlarining AKT boʻyicha maxsus boʻlinmalarini mutaxassislar bilan taʼminlash, sohaga malakali mutaxassislarni jalb etish maqsadida kadrlarga oid nomzodlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi muttasil shakllantirilmoqda. Ayni paytda kompaniya, tashkilot va korxonalarga zamonaviy bilimlarga ega, yuksak salohiyatli kadrlarni jalb etish, yosh mutaxassislarni ishga joylash dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Shu maqsadda tashkil etilgan mehnat yarmarkasi unga sohaga tegishli 100 dan ortiq korxona va tashkilot, muassasa, davlat boshqaruv idoralari talab etilayotgan ish oʻrinlari bilan qatnashishi koʻzda tutilgan. Jumladan, ushbu korxona va tashkilot, muassasa, davlat boshqaruv idoralariga quyidagilarni keltirishimiz mumkin: “Oʻzbektelekom” AK, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Matbuot tarqatuvchi” AK, “Oʻzbekiston pochtasi” AJ, “EMMM” DUK, “UNICON.UZ” DUK, Yagona integrator “UZINFOCOM” MCHJ, “RAKM” DUK, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi, AT “Aloqabank” va boshqalar.
Soha korxonalari tomonidan 225 dan ortiq boʻsh ish oʻrinlari va ijtimoiy-iqtisodiy soha hamda xususiy tadbirkorlik korxonalaridan esa 1,2 mingdan ortiq boʻsh ish oʻrinlari taklif etilmoqda.
Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, bugungi kunda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda uning filiallarida 2018/2019 oʻquv yilida jami 2809 ta bitiruvchilar mavjud va ular aynan AKTning barcha sohasida faoliyat yuritishi koʻzda tutilgan.
Mehnat yarmarkasi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalri universitetining sport majmuasida soat 10:00 dan ish boshlagan.
Manzil: Amir Temur shoh koʻchasi, 108-uy
Shuningdek, mehnat yarmarkasi bir vaqtning oʻzida yurtimizning quyidagi manzillarida boʻlib oʻtadi:
Samarqand: TATU ning Samarqand filiali (Shohruh Mirzo koʻchasi, 37a-uy)
Fargʻona: TATU ning Fargʻona filiali (Mustaqillik koʻchasi, 185a-uy)
Qarshi: TATU ning Qarshi filiali (Beshkent trassasi 3 km)
Urganch: TATU ning Urganch filiali (Urganch shahri, Al-xorazmiy koʻchasi, 110-uy)
Nukus: TATU ning Nukus filiali (Nukus shahri, A.Dosnazarov koʻchasi, 74-uy)