

“Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish sari” amaliy harakat!
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov tashabbusi bilan Yunusobod tumanida joylashgan Nurmakon, Mingchinor hamda Yo‘layriq mahallalarida istiqomat qiluvchi yoshlar o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
♟ Musobaqa yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom va faol hayot tarzini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi. Tadbir yoshlar o‘rtasida do‘stona raqobat muhitini shakllantirib, ularning bilim va mahoratini sinovdan o‘tkazish uchun muhim maydon bo‘ldi.
Final bellashuvlarida ishtirokchilar strategik rejalashtirish, sabr-toqat va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Musobaqa sport qoidalariga to‘liq rioya etilgan holda, yuqori saviyada o‘tkazildi. Musobaqa yakunida eng yuqori natijalarni qayd etgan g‘olib va sovrindor yoshlar diplomlar hamda esdalik sovg‘alari bilan tantanali ravishda taqdirlandilar.
“Rektor kubogi” musobaqasi mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada faollashtirish, ularning qobiliyat va iste’dodini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, sog‘lom ma’naviy muhitni qaror toptirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.