Kompaniyalar AI’dan foydalanishni qisqartirmoqda: ayrim holatlarda inson xodimlar samaraliroq chiqmoqda
Ko‘plab kompaniyalar xarajatlarni kamaytirish va ishlarni avtomatlashtirish uchun sun’iy intellekt tizimlarini joriy qilgan edi. Ammo amalda neyrotarmoqlar katta hisoblash quvvati va token xarajatlari sabab juda qimmatga tushayotgani ma’lum bo‘ldi.
Bundan tashqari, ko‘p hollarda natija sarflangan mablag‘ni oqlamayapti:
• Microsoft kompaniyasi ichki tizimlarda Claude Code’dan foydalanishni qisqartirmoqda — xizmat juda qimmat bo‘lib ketgani sabab ayrim litsenziyalar uchun to‘lov to‘xtatilgan;
• Uber rahbarlari Claude Code uchun ajratilgan yillik budjet aprel oyidayoq tugab bo‘lganini aytdi. Katta token xarajatlari foydalanuvchilar uchun sezilarli natija bermayapti;
• Starbucks mahsulotlarni nazorat qilish uchun ishlatilgan sun’iy intellekt tizimini yopdi — neyrotarmoq mahsulotlarni ko‘pincha adashtirgan yoki umuman aniqlay olmagan, inson xodimlar esa samaraliroq ishlagan;
• Nvidia vitse-prezidenti esa AI hisoblash xarajatlari endi uning jamoasi uchun oddiy xodimlardan ham qimmatroq bo‘lib qolganini ochiq aytdi.