Bugun Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari uchun “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda 9 nafar fakultet dekani, 9 nafar dekan muovinlari va 39 nafar tyutorlar boshchiligida universitetning 1267 nafar talabalari tadbirda ishtirok etishdi.
✅Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi mas’ul xodimi, axborot xizmati rahbari I. Ma’rupov talaba-yoshlarning ilg‘or g‘oya, taklif va tashabbuslari bilan yaqindan tanishish, ularning muammolarini hal qilish hamda ular o‘rtasida ijtimoiy – siyosiy vaziyat barqarorligini ta’minlash, ularni turli ekstremistik oqimlarga qo‘shilib ketishini oldini olish, oliy ta’lim muassasalarida yoshlarni dunyoviylik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish, yoshlarimizni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, o‘z iqtidorlarini namoyish etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli yoshlarni qo‘llab – quvvatlashdan iborat ekanligi ta’kidlab o‘tdi.
🇺🇿Tadbir davomida dunyoda bugun ro‘y berayotgan siyosiy jarayonlar, yoshlar ongiga bo‘layotgan axborot xurujlari va ularning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar xususida ham so‘z yuritildi.
🎬 Tadbir yakunida “Tinchlik ne’mati” nomli videorolik tadbir ishtirokchilariga namoyish etildi.