Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida “Axborot texnologiyalari, tarmoqlari va telekommunikatsiyalar – ITN&T-2023” Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
🔰Mazkur anjumanda Novosibirsk davlat universitetidan tashrif buyurgan professor Yax’yaeva Gulnora Erkinovna, Baraxnin Vladimir Borisovich va Palchunov Dmitriy Yevgenevichlar, professor-o‘qituvchilar, mustaqil tadqiqotchilar, magistrant va iqtidorli talabalar ishtirok etishmoqda.
✅Shuningdek, anjuman ZOOM platformasi orqali onlayn tarzda ham yoritib borilmoqda.