TATU hamda Italiyaning Sannio universiteti (Università degli Studi del Sannio) o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

  • Asosiy
  • Yangiliklar
  • Yangiliklar
  • TATU hamda Italiyaning Sannio universiteti (Università degli Studi del Sannio) o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

Joriy yilning 7-12 aprel kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti vakillari “International Credit Mobility” (KA107) Erasmus+ dasturi doirasida Italiyaga tashrif buyurishdi.

Mazkur tashrif doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU hamda Italiyaning Sannio universiteti (Università degli Studi del Sannio) o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.


Shuningdek, tadbirda Benevento shahri hokimi Dr. Francesco Antonio Cappetta, Uzbekistonning Italiyadagi elchixonasi konsuli Rashidov Shukhrat Shavkatovich, Sannio universiteti rektori Prof.Filippo de Rossi, "San-Pio" kasalxonasi boshlig’i Dr. Renato Pizzuti, professor Pasquale Deponte, Milliy ERASMUS + agentligining mas'ul xodimi va bir qator boshqa mutassadilar qatnashishdi.

Uzbekistondan esa Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU professori M.A. Raxmatullayev, dotsent B.Ganiyeva, katta o’qituvchi K. Shukurovlar ishtirok etishdi. Endilikda hamkorlik shartnomasi doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU va Sannio univesiteti o’rtasida talabalar almashinuvi, o’quv va ilmiy sohalarda hamkorlikni amalga oshirish imkoniyati yaratildi.

Ma’lumot o’rnida aytish kerakki, hozirgi kunda “International Credit Mobility” asosida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATUning 3 nafar magistratura talabalari M.Odinaev, K.Xusanov, B.Nurnazarovlar Sannio universitetida tahsil olishmoqda.


Hamkorlik shartnomasini imzolash jarayoni Italiyaning bir qator OAVlari tomonidan keng yoritildi.

Batafsil:


ntr24.tv: Innovazione e formazione medica, il Sannio ospita studenti e ricercatori dell’Uzbekistan

Youtube: Sannio e Uzbekistan, una intesa a tre punte

tvsette.net: Visita in città del Console dell’ Uzbekistan. Doppia tappa: Prefettura e A.O. San Pio. VIDEO

TATU matbuot xizmati