Ilmiy muvaffaqiyat!

“Deep Learning-Based Skin Cancer Classification: A Comparative Study of Pre-Trained CNN Models” nomli ilmiy maqola bilan ishtirok etilib, “Eng yaxshi maqola” mukofotiga loyiq deb topildi.

Ushbu tadqiqot teri saratonini sun’iy intellekt yordamida aniqlashda chuqur o‘rganish (CNN) modellarining samaradorligini tahlil qiladi va tibbiy diagnostika sohasiga ilmiy hissa qo‘shadi.

Maqola mualliflari orasida universitetimizning Dasturiy injiniring fakulteti “Tizimli va amaliy dasturlashtirish” kafedrasi doktorantlari (DSc):
🟢 Mukhriddin Arabboev
🟢 Shohruh Begmatov
shuningdek: Mokhirjon Rikhsivoev, Sukhrob Bobojanov, G‘ayrat Tangriberganov (Koreya), Jamoliddin Uraimov (Koreya) bor.

🏛 Bu yutuq Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti olimlarining xalqaro ilmiy maydondagi faol ishtirokini yana bir bor tasdiqlaydi.

 Izlanuvchilarimizni tabriklaymiz va keyingi ilmiy faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!