MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKЕNT AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI UNIVЕRSITЕTI
OLIY OʻQUV YURTIDAN KЕYINGI TAʼLIM INSTITUTIGA
2019 YILI UCHUN QUYIDAGI IXTISOSLIKLAR BOʻYICHA QABUL EʼLON QILADI:
05.04.01 - Telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalari.Axborotlarni taqsimlash;
05.04.02 - Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televideniye tizimlari va qurilmalari.Mobil aloqa tizimlari;
05.01.05 - Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot xavfsizligi;
05.01.04 - Hisoblash mashinalari,majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy taʼminoti
SHUNINGDЕK, TATU HUZURIDAGI AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TЕXNOLOGIYALARI ILMIY-INNOVATSION MARKAZI HAM 2019 YILI UCHUN QUYIDAGI IXTISOSLIKLAR BOʻYICHA QABUL EʼLON QILADI:
05.13.01 - Tizimli tahlil, boshqaruvva axborotni qayta ishlash;
05.13.02 - Informatikaning nazariy asoslari;
05.01.07 - Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui.
Tayanch doktarantura (PhD) ga talabgor quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan TATU yoki TATU huzuridagi axborot kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markaziga murojaat qiladi:
• ariza;
• maʼlumotnoma;
• mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
• oliy taʼlim muassasasi magistraturasi, bakalavriaturasi diplomlari nusxasi;
• nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari;
• Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar;
• 4×6 sm oʻlchamdagi 2 ta dona fotosurat; pasport nusxasi.
Tayanch doktarantura (PhD) sifatida oʻqish uchun kirayotgan shaxslar:
• mutaxassislik,
• chet tili (taʼlimning oldingi darajalarida oʻrganilgan xorijiy til) boʻyicha kirish imtihonlari topshiradilar.
Tayanch doktorantura (PhD) uchun mustaqil izlanuvchilikka talabgor quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan oliy taʼlim muassasasiga murojaat qiladi:
• ish joyidan tavsifnoma;
• maʼlumotnoma;
• magistrlik diplomi yoki oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomning nusxasi;
• mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
• ilmiy ishlar va ilmiy hisobotlar (patentlar) roʻyxati.
Mustaqil izlanuvchilik sifatida oʻqish uchun kirayotgan shaxslar:
• mutaxassislik boʻyicha suhbatdan oʻtadi.
Xujjatlarni qabul qilish muddati 2018 yil 15 sentyabrdan – 15 oktyabrgacha.
Xujjatlar quyidagi manzilga joʻnatiladi:
• 100202, Toshkent sh., Amir Temur koʻch.,108, TATU;
Maʼlumot uchun telefonlar:
• 238-64-43, 238-64-03.