Joriy yilning 25-29-iyul kunlari Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida bajarilayotgan NICoPA (New and Innovative Cources for Precision Agriculture) loyihasi bo‘yicha Chexiya davlati CZU universitetida "Xalqaro yozgi maktab" bo‘lib o‘tdi.
Ushbu yozgi maktabda loyiha hamkorlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va Milliy taqdqiqot universitetidan professor-o‘qituvchilar va loyiha mahalliy koordinatorlari qatnashdilar.
Seminar davomida raqamli qishloq xo‘jaligini tashkil qilish tamoyillari, Chexiya tajribasi bo‘yicha qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan robotlar va texnikalar, UAV va sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini qayta ishlash bo‘yicha tajribalar almashildi va raqamli agrokomplekslarga tashrif amalga oshirildi.