“CanSat Uzbekistan-2025” musobaqasining final bosqichi o‘tkazildi

  • Asosiy
  • “CanSat Uzbekistan-2025” musobaqasining final bosqichi o‘tkazildi

Yoshlar o‘rtasida kosmik texnologiyalar, astronavtika va muhandislikka bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, ularning bu boradagi g‘oya, tashabbus hamda ixtirolarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “O‘zbekkosmos” agentligi "CanSat Uzbekistan-2025" musobaqasining final bosqichini Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida joylashgan “Yangi hayot” ochiq uchish aerodromida o‘tkazdi.

➡️ Qayd etish lozimki, "CanSat Uzbekistan-2025" musobaqasining final bosqichida Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent Davlat transport universiteti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Yangi O‘zbekiston universiteti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universiteti, “Sehriyo” va “Al-Beruniy school” maktablaridan jamoalar qatnashishdi.