Bugun universitetimizga Polsha Respublikasining Bosh vazir o‘rinbosari – Raqamlashtirish vaziri Kshishtof Gavkovskiy boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

  • Asosiy
  • Bugun universitetimizga Polsha Respublikasining Bosh vazir o‘rinbosari – Raqamlashtirish vaziri Kshishtof Gavkovskiy boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Bugun universitetimizga Polsha Respublikasining Bosh vazir o‘rinbosari – Raqamlashtirish vaziri Kshishtof Gavkovskiy boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida mehmonlar universitetimizda faoliyat yuritayotgan ilg‘or infratuzilmalar, ilmiy-tadqiqot markazlari, Oliy muhandislik maktabi, Situatsion markaz, Media markaz, Living lab va Fablab laboratoriyalari, talabalar startap ekotizimi hamda innovatsion ishlanmalar (showroom) bilan yaqindan tanishtirildi.

Mazkur yuqori darajadagi tashrif TATU va Polshaning nufuzli texnik oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida mavjud hamkorlikni yanada rivojlantirish, kengaytirish va yangi strategik yo‘nalishlar bilan boyitishga xizmat qiluvchi muhim platforma bo‘ldi.

Rasmiy uchrashuv davomida tomonlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida hamkorlikni kengaytirish, talabalar va yosh mutaxassislar uchun yangi imkoniyatlar yaratish, qo‘shma ta’lim va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Shuningdek, mehmonlar mamlakatimizda, xususan, TATU misolida oliy ta’lim tizimida yaratilgan zamonaviy sharoitlar, innovatsion yondashuvlar hamda yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng imkoniyatlarni yuqori baholab, bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlarni alohida eʼtirof etdilar.

Ta’kidlanganidek, bugungi tashrif O‘zbekistonda oliy ta’lim va raqamli texnologiyalar sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi bilan yaqindan tanishish, xususan, TATU tajribasini o‘rganish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.

📌 Ma’lumot uchun: bugungi kunda universitetimiz Polshaning yetakchi texnik oliy ta’lim muassasalari — Gdansk University of Technology, AGH University of Krakow, Lodz University of Technology, Lublin University of Technology bilan Erasmus+ dasturi doirasida samarali hamkorlik olib bormoqda.