TАTUning professor-oʼqituvchilari va talabalari Berlin texnika universitetida malaka oshirishni boshladilar

  • Asosiy
  • TАTUning professor-oʼqituvchilari va talabalari Berlin texnika universitetida malaka oshirishni boshladilar

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining professor-oʼqituvchilari va yosh ilmiy xodimlarini yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot markazlarida tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish va xorijiy mamlakatlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ilgʼor ilmiy-tadqiqot markazlari bilan oʼzaro manfaatli hamkorlikni yoʼlga qoʼyish maqsadida universitetning 20 nafar professor-oʼqituvchilari va talabalari Berlin texnika universitetiga malaka oshirishga yuborildi.


Аyni vaqtda universitetining professor-oʼqituvchilari va iqtidorli talabalaridan tashkil topgan jamoa Berlin texnika universitetida malaka oshirish kursida tahsil olmoqdalar. Seminarda Rossiya, Qozogiston va Ukraina davlatlaridan yosh olimlar ishtirok etmokda. Ushbu rasmda Berlin texnika universitetining professori, «ECM Space Technologies» kompanisining asoschisi Аrnold Sterenharz “Zamonaviy koinot texnologilari” maʼruzasi bilan tinglandi.


Maʼlumot oʼrnida aytish joizki, 20 nafar ishtirokchilarga xizmat safari bilan bogʼliq barcha sarf-harajatlar va malaka oshirish kursi toʼlovi universitet huzuridagi Ilmiy-inovatsion rivojlantirish jamgʼarmasining 4-bandi (Universitetning iqtidorli talabalari, professor-oʼqituvchilari va yosh ilmiy xodimlarini yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot markazlarida tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish) asosida qoplangan. Shuniningdek, bugungi kunda TАTU talabalarning ilmiy salohiyatini yana-da oshirish hamda talabalarning xorij tajribasini mukammal oʼrganish maqsadida koʼpgina xalqaro OTMlar bilan manfaatli aloqalar oʼrnatib kelmoqda. Berlin texnika universiteti ham ana shunday oliygohlardan biridir. TАTUning oldiga qoʼygan asosiy maqsadlaridan biri - Respublikamizga jahon talablariga mos, ilgʼor bilim va tajribalarga ega boʼlgan zamonaviy АKT kadrlarni tayyorlash hisoblanadi. Shuni hisobga olgan holda Berlin texnika universiteti bilan nafaqat tajriba almashish, balki bugungi kunda TАTUda amalga oshirilayotgan keng imkoniyatlar bilan batafsil tanishtirish, universitetning xalqaro mavqeini oshirish, shu bilan bir qatorda kelajakda taʼlim sohasida koʼproq hamkorlik qilish koʼzda tutilgan.

TATU matbuot xizmati