Vazirlar Mahkamasining 578-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, bahorgi semestr uchun oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘qishini ko‘chirish (qayta tiklash) bo‘yicha arizalarni qabul qilish muddatiga o‘zgartirish kiritilgan.
Endi ariza topshirish muddati har yili 10-yanvardan 20-yanvargacha (20-yanvar kuni ham) amalga oshiriladi.
2 ta uzrli sababga ko‘ra respublikaning bir oliy ta’lim tashkilotidan ikkinchisiga o‘qishni ko‘chirish yoki o‘qishni tiklash bo‘yicha arizalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining transfer.edu.uz yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali onlayn qabul qilinadi.
Talab etiladigan hujjatlar:
➖akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxasi;
➖o‘qishni ko‘chirish sabablarini tasdiqlovchi hujjatlar.
Muhim eslatmalar:
❗️Bahorgi semestr oldidan bir oliy ta’lim tashkilotidan boshqasiga “o‘qishni ko‘chirib tiklash” bo‘yicha arizalar qabul qilinmaydi.
❗️ Ariza topshirish jarayonida kiritilayotgan maʼlumotlar va yuklanadigan hujjatlarni yuborishdan oldin diqqat bilan tekshirib chiqish soʻraladi. Sababi ariza yuborilgandan soʻng uni tahrirlash imkoni mavjud emas.
Arizalar belgilangan tartibda oliy ta’lim tashkilotlari, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan 21-yanvardan 10-fevralgacha ko‘rib chiqiladi va natijasi yuzasidan talabgorlarga ma’lum qilinadi.