🏛Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tashrif buyurdilar
✅TATUda qurilayotgan va ta’mirlanayotgan obyektdagi qurilishlarning holati va 2022/2023-o‘quv yiliga tayyorgarlik holatlari bilan tanishdilar. Hozirda ikkita 9 qavatlik o‘quv binosining rekonstruktsiya ishlari yakunlanmoqda. Mazkur o‘quv binosi 1 500 nafar talabaga mo‘ljallangan bo‘lib, 7 ta ma’ruzalar xonasi, 21 ta o‘quv xonalari va 9 ta kompyuter xonasi mavjud.
✅Tashrif chog‘ida universitetning 2022/2023-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, xususan, yangi o‘quv yiliga o‘quv auditoriyalari, laboratoriya xonalari, o‘quv me’yoriy hujjatlar tayyor holga keltirilganligi bo‘yicha tanishib chiqildi. Shuningdek, mamlakatimiz IT sohasida talab yuqori bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni rivojlantirish yo‘nalishidagi takliflar hamda tahsil olayotgan universitet talabalarida amaliy ko‘nikma va kasbiy malakani rivojlantirish maqsadida dars jarayonlarini amaliyot bilan uzviy ravishda tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.
✅Taqdimot davomida AKT vaziri olib borilayotgan ishlar bo‘yicha o‘z takliflarini berdi. Ayniqsa, talabalarga qulay sharoit yaratish va ta’lim sifati va ichki ijodiy muhitni yaxshilashga e’tibor qaratish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shuningdek, AKT vaziri shu kunning o‘zida Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga qarashli talabalar yotoqxonalarida tashqarisida olib borilgan qurilish ishlari va shart-sharoitlar bilan tanishdi.
✅Tanishuv davomida AKT vaziri TATU talabalar yotoqxonalarining ichki yashash xonalarini keyingi yilda zamon talablariga moslab hususan, talabalarning taklif va istaklarini inobatga olgan holda alohida reja asosida ta’mirlash, talabalarga qulay sharoit yaratish, yashash muhitini yaxshilash hamda bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazish bo‘yicha alohida topshiriqlar berdilar.