
“Biz yoshlarimizni nafaqat zamon bilan hamnafas, balki kelajakka tayyor qilib tarbiyalashimiz kerak. Hech qachon unutmaylik, kelajak – zamonaviy bilimlar bilan qurollangan yangi kashf egalarnikidir bo‘ladi”,
— dedi davlatimiz rahbari.
Iqtisodiyotimizga yiliga 30-35 milliard dollar investitsiya, yangi yo‘nalishlar, zamonaviy texnologiyalar kirib kelayotgan bir mahalda korxonalar ishchi taqchilligi sezmoqda. Shuning o‘zidan yiliga 250-300 ming atrofida yuqori daromadli ish o‘rinlari paydo bo‘lmoqda.
Bu joylar, eng avvalo, yoshlarimiz ishli bo‘lishi uchun qo‘shimcha imkoniyat. Lekin ana shu zamonaviy texnologiya va yo‘nalishlar uchun bilimli, kasbiy ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi.
2026-yil yoshlarni zamonaviy kasb-hunarga o‘rgatish yili bo‘lishi qayd etildi.
Shu maqsadda Kasbiy ta’lim agentligi tashkil qilinmoqda. Ushbu agentlik va hokimliklarning asosiy vazifasi barcha 598 ta texnikumga yangi muhit olib kirish va xalqaro standartlarni joriy qilishdan iborat bo‘ladi.