Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi direktori:
Texnika fanlari doktori (DSc), professor Irgasheva Durdona Yakubdjanovna
TATU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi faoliyati.
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 26 sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 278-son qarori bilan tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 12 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4732-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 242-sonli Qaroriga asosan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan oshirish, zamonaviy talablarga muvofiq muntazam qayta tayyorlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish maqsadida faoliyati takomillashtirildi.
Tarmoq markazining maqsadi – oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlari sifatini takomillashtirish, ularning bilimi va kasbiy mahoratini aniq yo‘nalishlar (mutaxassisliklar) bo‘yicha iqtisodiyot sohalarining tezkor rivojlanib borishiga uyg‘unlashtirish, tarmoqdagi innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga joriy qilish, tegishli sohalar bo‘yicha yangi texnika va texnologiyalarni professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘zlashtirishlariga ko‘maklashishdan iborat.
OTM pedagog kadrlarining uzluksiz malaka oshirish jarayonlarida Markaz quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
- qayta tayyorlash va malaka oshirishning tegishli yо’nalishlari bо’yicha doimiy faoliyat kо’rsatadigan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etadi;
- kurslar doirasida sifat jihatidan yuqori tashkiliy va kasbiy darajada mashg‘ulotlar о’tkazish uchun zarur о’quv, uslubiy va moddiy-texnika bazasini tashkil etadi;
- masofadan о’qitish usullari asosida oliy ta’lim pedagog kadrlari uchun tashkil etiladigan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining tegishli о’quv-metodik resurslarini ishlab chiqadi;
- qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida mashg‘ulotlar о’tkazish uchun oliy ta’lim muassasalarining yetakchi pedagog kadrlarini, shuningdek shartnoma asosida mamlakatning boshqa oliy ta’lim muassasalarining yuqori malakali pedagog kadrlarini va xorijiy mutaxassislarni, о’quv-uslubiy xodimlar va amaliyotchi mutaxassislarni keng jalb etishni ta’minlaydi;
- qayta tayyorlash yо’nalishlari bо’yicha zarur axborot-ma’lumotlar bazasini shakllantiradi, qayta tayyorlash jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogik, multimedia va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqishni va ularni joriy etishni tashkil etadi;
- qayta tayyorlash va malaka oshirish davrida kurslarning boshqa joylardan kelgan tinglovchilariga oliy ta’lim muassasalari yotoqxonalaridan yashash joylari berish choralarini kо’radi;
- ma’lumotlarning xolisonaligini ta’minlagan holda Bosh ilmiy-metodik markaz yagona elektron tizimining tegishli axborot resurslarini shakllantirish bо’yicha tizimli ishlarni tashkil etadi.