O'zbek-Hind AT Markazi

Direktor o'rinbosari:

Maxmudov Shuxrat Shakirovich

Qabul vaqti: Seshanba, Payshanba (10:00–16:00)
Telefon: (0 371) 238-65-24

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi Javoharlal Neru nomidagi O'zbek-Hind axborot texnologiyalari markazi to'g'risida ma'lumot

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi Javoharlal Neru nomidagi O'zbek-Hind axborot texnologiyalari markazi O'zbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasi Hukumatlari o'rtasida 2004 yil 29 oktyabrda Dehli shahrida imzolangan Anglashuv Memorandumi asosida tashkil topgan, hamda O'zbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasi Hukumatlari o'rtasida 2013 yil 22 mayda Toshkent shahrida imzolangan qoshidagi Javoharlal Neru nomidagi O'zbek-Hind axborot texnologiyalari markazini modernizatsiyalash to'g'risidagi Anglashuv Memorandumi asosida modernizatsiyadan o'tkazildi.

Markazning maqsadi: O'zbekistonga investitsiyalar xajmini oshirish va dasturiy maxsulotlar eksportidan daromad olish maqsadida axborot texnologiyalari sohasida jaxon darajasidagi etuk mutaxassislarni tayyorlash orqali malakali xodimlar zaxirasini yaratish va ish o'rinlarini kengaytirish.

Markazning vazifalari: O'zbekiston davlat xizmatchilarini axborot texnologiyalari ko'nikmalariga o'qitish; kompyuter dasturiy ta'minoti sohasida qisqa muddatli ixtisoslik kurslari ko'rinishidagi treninglarni tashkil etish; O'zbekiston Oliy va o'rta maxsus va umumta'lim muassasalari professor-o'qituvchilarini axborot texnologiyalari ko'nikmalariga o'qitish; axborot texnologiyalarini chuqur o'rganishga o'z istagini bildirgan universitet, uning filiallari va unga qarashli o'rta-maxsus kasb hunar ta'lim muassasalari talabalarini tanlov asosida o'qitish.

Markazda jami 50 nafar tinglovchiga mo'ljallangan 2 o'quv laboratoriyasi, jami 72 nafar tinglovchiga mo'ljallangan 2 o'quv-ma'ruza xonalari, 5640 dona kitoblar bilan ta'minlangan va 11 kishilik o'quv zaliga ega kutubxona mavjud. O'quv laboratoriyalari va o'quv-ma'ruza xonalarining umumiy maydoni 164.2 kv.m.ni tashkil etadi. Taqdim etilayotgan kurslar

Kurs nomiDavomiyligiSoati
1 Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish3 kun12
2 Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish6 kun24
3 Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish9 kun36
4Dasturlashga kirish yoki C,C++8 xafta96
5Web dasturlash tili asoslari PCWT 10 xafta 144
6Java dasturlash tili asoslari PCJT10 xafta144
7Kompyuter texnologiyalaridan foydalanish (boshlang'ich kursi) PCIT.5 xafta72
8Tarmoq administratorligi Linux operatsion tizimida ishlash kursi PCDCN10 xafta144


Markazda soatbay asosda jami 11 nafar o'qituvchilar faoliyat ko'rsatib kelmoqda, 2012 yilda 4 nafar, 2013 yilda 6 nafar o'qituvchilarimiz Hindistonning Puna shahridagi Ilg'or axborot texnologiyalar o'quv markazida (CDAC) 6 oylik malaka oshirish kurslarida taxsil olib qaytishgan. Shuningdek 2014 yilda 1 nafar o'qituvchi onlayn tizimda masofadan turib mazkur o'quv markazini tamomlagan.

Markazda amalga oshirilgan modernizatsiya ishlari

2013 yil 22 may kuni Uzbekistan Respublikasi Hukumati bilan Xindiston Respublikasi Hukumati urtasida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti koshidagi O'zbek-Hind axborot texnologiyalari markazini modernizatsiyalash bo'yicha anglashuv Memorandumi asosida Hindistonning Ilg'or kompyuter texnologiyalarini rivojlantirish markazi (CDAC) tomonidan 2013 yilning 2-yarmi va 2014 yilning 1-choraklari davomida jami 326.5 ming AQSh dollari miqdoridagi tarmok qurilmalari, serverlar, videokonferentsiya tizimi uchun uskunalar hamda kompyuterlar bilan jixozlangan.