O‘zbek-Hind AT markazi

O‘zbek-Hind AT markazi direktori:

Qodirov Zarif Zafarovich

Qabul vaqti: Seshanba–Juma (14:00–16:00 gacha)
Telefon: (+99890) 970-10-70
E-mail: zarif@tuit.uz

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi O‘zbek-Hind AT Markazi Oʼzbekiston Respublikasi va Hindiston Hukumatlari oʼrtasida imzolangan Аnglashuv Memorandumi asosida 2006 yilda tashkil etilgan.

Javaxarlal Neru nomidagi Oʻzbek-Hind axborot texnologiyalari Markazi (keyingi oʻrinlarda — Xalqaro AT markazi) ning asosiy maqsadi:

  • Oʻzbekistonga investitsiyalar hajmini oshirish va dasturiy mahsulotlar eksportidan daromad olish maqsadida axborot texnologiyalari (bundan keyin — AT) sohasida jahon darajasidagi yetuk mutaxassislarini tayyorlash orqali malakali xodimlar zaxirasini yaratish va ish oʻrinlarini kengaytirish.Undan tashqari zamonaviy axborot texnologiyalari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, xalqaro standartlardagi o‘quv dasturlarini joriy etish va rivojlangan davlatlarning ilg‘or tajribasini O‘zbekistonga olib kirishdir.

Markazni davlatimiz Rahbari SH.M.Mirziyoyev bosh vazir lavozimlari chog‘ida shaxsan o‘zlari ochib berganlar.

  • Bugungi kunga kelib markaz minglab talabalar va yosh mutaxassislar uchun IT olamiga kirish, amaliy loyihalar yaratish va global IT bozorida o‘z o‘rnini topish imkoniyatini berayotgan strategik ta’lim va innovatsiya markaziga aylangan.
  • 2025-yilda O‘zbek–Hind AT Markazi direktori etib Qodirov Zarif Zafarovich tayinlangan. U — taniqli o‘zbek olimi, dasturchi va muhandis, professional dron operatori, xalqaro miqyosdagi murabbiy va hakamdir. Zarif Zafarovich ICPC, IOI, EGOI, FIRST Global kabi dunyodagi eng nufuzli musobaqalarda O‘zbekiston terma jamoalarini tayyorlab, mamlakat nomini jahonda munosib himoya qilib keladi.
  • Uning rahbarligi ostida markazda yangi dasturlar, startap yo‘nalishlari, robototexnika laboratoriyalari, dron texnologiyalari maktabi va xalqaro tanlovlarga tayyorlov tizimlari kengayib, markaz rivojining yangi bosqichi boshlandi.
  • Markaz xalqaro tashkilotlar bilan faol ishlab keladi va xalqaro loyihalarni ham amalga ochiradi.

  • O‘zbek–Hind AT Markazi tashkil topgan paytdan boshlab o‘z oldiga katta maqsad qo‘ydi:
  • Hindistonning ilg‘or IT tajribasini O‘zbekistonga tatbiq etish
  • Xalqaro standartlar asosida ta’lim berish
  • Startaplar, innovatsiyalar va IT kadrlar tayyorlashni yangi darajaga olib chiqish
  • Bugungi kunda markaz:
    ⭐ 10 minglab bitiruvchilar
    ⭐ Xalqaro loyihalar
    ⭐ Innovatsion laboratoriyalar
    ⭐ Startap ekotizimi
    ⭐ Dron va robototexnika yo‘nalishlarida ilg‘or maktablarga ega

— O‘zbekistonning eng faol yosh olimlari, kuchli dasturchi va muhandislar, dron operatorlari, xalqaro musobaqalar g‘oliblari aynan shu markaz tomonidan tayyorlab kelinmoqda.


 

Letzte Aktualisierung: 25.11.2025 11:32