Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magisturasida öqiş uçun tölov-kontrakt summalarining bazaviy miqdorlari Özbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça Davlat komissiyasi tomonidan har öquv yili boşlanişidan avval belgilanadi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-61-son “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik beriş çora-tadbirlari töğrisida” Qarorining 2-bandiga muvofiq Moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat oliy ta’lim muassasalariga 2022-yil 1-yanvardan boşlab quyidagi masalalar böyiça mustaqil qaror qabul qiliş vakolati berilgan:
- ta’lim xizmatlari bozoridagi talabni inobatga olgan holda tölov-kontrakt asosida öqitiş qiymatini belgilaş;
- talabalarning tölov-kontrakt mablağlarini tölaş muddatlarini belgilaş va uzaytiriş;
Qarorning 5-bandiga muvofiq Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi “Oliy va örta maxsus ta’lim tizimiga boşqaruvning yangi tamoyillarini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-4391-son qaroriga asosan özini özi moliyalaştiriş tizimiga ötayotgan oliy ta’lim muassasalariga berilgan vakolat va huquqlar 61-sonli qarorga muvofiq moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat oliy ta’lim muassasalariga tatbiq etiladi.
Bunda:
- talabalarni tölov-kontrakt asosida öqitiş qiymati oliy ta’lim muassasasi tomonidan ta’lim xizmatlari bozoridagi talab va taklifdan kelib çiqib, biroq tegişli yönaliş böyiça davlat oliy ta’lim muassasalarida belgilangan bazaviy tölov-kontrakt qiymatidan uç baravardan ortiq bölmagan miqdorda belgilanadi;
- bakalavriat ta’lim yönalişlari, magistratura va klinik ordinatura mutaxassisliklari kesimida qabul şartlarida tölov-kontrakt qiymati tabaqalaştirilgan miqdorlarda belgilanişi mumkin.