Ilmiy jurnal

Bo‘limlar:

                                                          Maqolaga qo‘yiladigan talablar
Umumiy talablar

1. Jurnalga maqolalar o‘zbek, ingliz va rus tillarida qabul qilinadi. Shuningdek, maqola to‘liq ingliz tiliga tarjima qilingan bo‘lishi lozim.

2. Maqola nomi, mazmunnoma (annotatsiya), kalit so‘zlar o‘zbek, ingliz va rus tillarida berilishi lozim.

3. UDK keltirilishi lozim.

4. Maqola muallif(lar)i haqida ma’lumot berilishi kerak. U o‘z ichiga quyidagilarni oladi (alohida varaqda):

  • Muallif (lar) familiyasi ismi sharifi (to‘liq),
  • Ish joyi va lavozimi qisqartirishlarsiz,
  • Telefoni va elektron pochtasi,
  • Maqola qo‘yiladigan jurnal rubrikasi nomi.

5. Maqolaga taqriz va ochiq chop etish mumkinligini ko‘rsatuvchi ekspert xulosasi taqdim etilishi lozim.

6. Tahririyatga maqolani chop etilgan holdagi bir nusxasi kerakli hujjatlari bilan birga va elektron varianti taqdim etiladi.

7. Maqola aniq masala qo‘yilishidan, tadqiqot usulidan iborat bo‘lishi, olingan natijalarning mazmuni va ularni qo‘llanish sohalarini ko‘rsatish kerak.

8. Topshirilayotgan maqolalar rasmlar va adabiyotlar bilan birga 15 varaqdan oshmasligi kerak.

Umumiy qoidalar

  1. Maqolada keltirilgan barcha ma’lumotlarga muallif(lar) javobgar.
  2. Tahririyat maqolani qaytarmaydi va izohlamaydi.
  3. Tahririyat maqolani qo‘shimcha ilmiy ekspertizaga jo‘natish huquqiga ega.
  4. Agarda maqola ilmiy qimmatga ega bo‘lmasa, talabga ko‘ra rasmiylashtirilmagan bo‘lsa yoki boshqa shaklda rasmiylashtirilgan bo‘lsa maqolani qabul qilmaslik huquqiga ega.

Jurnal rubrikalari

  • Informatika va axborot texnologiyalari.
  • Infokommunikatsion tarmoqlar va tizimlar
  • Radiotexnika, radioaloqa va teleradioeshittirish
  • Matematik modellashtirish va dasturlash
  • Axborot xavfsizligi
  • Mikroelektronika va sxemotexnika.
  • Ta’limni axborotlashtirish
  • Ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar muammolar.
  • Ilmiy ma’lumot.

Rasmiylashtirish qoidalari

1. Maqola Microsoft Word matnli muharririning 97-2003 versiyasida yozilgan bo‘lishi lozim (yuqori versiyalar qabul qilinmaydi).

2. Hujjat maydoni: tepadan – 2 sm, pastdan – 2 sm, chapdan – 3 sm, o‘ngdan – 1.5 sm. Raqamlash past va o‘rtadan.

3. Birlik interval, abzats – 1 sm.

4. Barcha maqola faqat Times New Roman – 14 shriftida terilgan bo‘lishi lozim.

5. Formulalar:

 

  • formulalar Microsoft Word 97-2003 ning formulalar redaktorida yozilishi lozim;
  • markazlashtiriladi;
  • formulalar ketma-ket uzluksiz raqamlanadi, raqam hujjatning o‘ng tarafidan aylanali qavslarda beriladi (masalan, (4));
  • rasm ko‘rinishida saqlangan formulalardan foydalanishga ruxsat berilmaydi;
  • formuladan oldin va keyin bo‘sh satr bo‘lishi kerak.

 

6. Jadvallar:

 

  • jadvallar ketma-ket raqamlanadi;
  • albatta jadval nomi va raqami bo‘lishi lozim;
  • maqolada “jadval” so‘zini to‘liq yozish lozim;
  • jadval nomi va uning tarkibi markaz bo‘yicha tekislanib yoziladi;

 

7. Rasmlar (diagrammalar):

 

  • rasmlar va diagrammalarni raqamlash ketma-ket amalga oshiriladi;
  • albatta rasmlarni (diagrammalarni) nomi bo‘lishi lozim;
  • maqolada rasm va diagrammalar uchun rasm (rasm, рис.) so‘zidan foydalanish lozim (ruschada рисунок deb to‘liq yozish shart emas);
  • rasmlar (diagrammalar) markazlashtiriladi va uning tagidan nomi yoziladi;
  • Microsoft Wordda qilingan rasmlardan foydalanish kerak emas.

 

8. Qandaydir skaner qilib olingan ma’lumotlardan foydalanish taqiqlanadi (formulalar, jadvallar, rasmlar va boshqalar).

9. Maqola uchta qismga bo‘linishi kerak:

I. Kirish(Введение, Introduction)

II. Asosiy qism (Основная часть, Main part)

III. Xulosa (Заключение, Conclusion)

10. Maqola oxirida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltiriladi.

Foydalanilgan adabiyotlarga ko‘rsatkichlar kvadrat qavslar orqali ko‘rsatiladi. Masalan, [2]; [1-4, 6].

Foydalanilgan adabiyotlar maqolaning ADABIYOTLAR (ЛИТЕРАТУРА, REFERENCES) nomli qismida keltiriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar umum qabul qilingan xalqaro me’yorlar asosida rasmiylashtiriladi.

Jurnal tahririyati bilan aloqa

"TATU xabarlari” jurnali tahririyati manzili:

100202, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi 108-uy, TATU, A korpus, 2-etaj, 232-xona.

Qabul vaqti: Har Chorshanba va Payshanba soat 10:00 dan 16:00 gacha

Telefon: (+998-71) 238-65-99

E-mail: tuit_xabar@tuit.uz