Ilmiy jurnal

Bölimlar:

                                                          Maqolaga qöyiladigan talablar
Umumiy talablar

1. Jurnalga maqolalar özbek, ingliz va rus tillarida qabul qilinadi. Şuningdek, maqola töliq ingliz tiliga tarjima qilingan bölişi lozim.

2. Maqola nomi, mazmunnoma (annotatsiya), kalit sözlar özbek, ingliz va rus tillarida berilişi lozim.

3. UDK keltirilişi lozim.

4. Maqola muallif(lar)i haqida ma’lumot berilişi kerak. U öz içiga quyidagilarni oladi (alohida varaqda):

  • Muallif (lar) familiyasi ismi şarifi (töliq),
  • Iş joyi va lavozimi qisqartirişlarsiz,
  • Telefoni va elektron poçtasi,
  • Maqola qöyiladigan jurnal rubrikasi nomi.

5. Maqolaga taqriz va oçiq çop etiş mumkinligini körsatuvçi ekspert xulosasi taqdim etilişi lozim.

6. Tahririyatga maqolani çop etilgan holdagi bir nusxasi kerakli hujjatlari bilan birga va elektron varianti taqdim etiladi.

7. Maqola aniq masala qöyilişidan, tadqiqot usulidan iborat bölişi, olingan natijalarning mazmuni va ularni qöllaniş sohalarini körsatiş kerak.

8. Topşirilayotgan maqolalar rasmlar va adabiyotlar bilan birga 15 varaqdan oşmasligi kerak.

Umumiy qoidalar

  1. Maqolada keltirilgan barça ma’lumotlarga muallif(lar) javobgar.
  2. Tahririyat maqolani qaytarmaydi va izohlamaydi.
  3. Tahririyat maqolani qöşimça ilmiy ekspertizaga jönatiş huquqiga ega.
  4. Agarda maqola ilmiy qimmatga ega bölmasa, talabga köra rasmiylaştirilmagan bölsa yoki boşqa şaklda rasmiylaştirilgan bölsa maqolani qabul qilmaslik huquqiga ega.

Jurnal rubrikalari

  • Informatika va axborot texnologiyalari.
  • Infokommunikatsion tarmoqlar va tizimlar
  • Radiotexnika, radioaloqa va teleradioeşittiriş
  • Matematik modellaştiriş va dasturlaş
  • Axborot xavfsizligi
  • Mikroelektronika va sxemotexnika.
  • Ta’limni axborotlaştiriş
  • Ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar muammolar.
  • Ilmiy ma’lumot.

Rasmiylaştiriş qoidalari

1. Maqola Microsoft Word matnli muharririning 97-2003 versiyasida yozilgan bölişi lozim (yuqori versiyalar qabul qilinmaydi).

2. Hujjat maydoni: tepadan – 2 sm, pastdan – 2 sm, çapdan – 3 sm, öngdan – 1.5 sm. Raqamlaş past va örtadan.

3. Birlik interval, abzats – 1 sm.

4. Barça maqola faqat Times New Roman – 14 şriftida terilgan bölişi lozim.

5. Formulalar:

 

  • formulalar Microsoft Word 97-2003 ning formulalar redaktorida yozilişi lozim;
  • markazlaştiriladi;
  • formulalar ketma-ket uzluksiz raqamlanadi, raqam hujjatning öng tarafidan aylanali qavslarda beriladi (masalan, (4));
  • rasm körinişida saqlangan formulalardan foydalanişga ruxsat berilmaydi;
  • formuladan oldin va keyin böş satr bölişi kerak.

 

6. Jadvallar:

 

  • jadvallar ketma-ket raqamlanadi;
  • albatta jadval nomi va raqami bölişi lozim;
  • maqolada “jadval” sözini töliq yoziş lozim;
  • jadval nomi va uning tarkibi markaz böyiça tekislanib yoziladi;

 

7. Rasmlar (diagrammalar):

 

  • rasmlar va diagrammalarni raqamlaş ketma-ket amalga oşiriladi;
  • albatta rasmlarni (diagrammalarni) nomi bölişi lozim;
  • maqolada rasm va diagrammalar uçun rasm (rasm, рис.) sözidan foydalaniş lozim (rusçada рисунок deb töliq yoziş şart emas);
  • rasmlar (diagrammalar) markazlaştiriladi va uning tagidan nomi yoziladi;
  • Microsoft Wordda qilingan rasmlardan foydalaniş kerak emas.

 

8. Qandaydir skaner qilib olingan ma’lumotlardan foydalaniş taqiqlanadi (formulalar, jadvallar, rasmlar va boşqalar).

9. Maqola uçta qismga bölinişi kerak:

I. Kiriş(Введение, Introduction)

II. Asosiy qism (Основная часть, Main part)

III. Xulosa (Заключение, Conclusion)

10. Maqola oxirida foydalanilgan adabiyotlar röyxati keltiriladi.

Foydalanilgan adabiyotlarga körsatkiçlar kvadrat qavslar orqali körsatiladi. Masalan, [2]; [1-4, 6].

Foydalanilgan adabiyotlar maqolaning ADABIYOTLAR (ЛИТЕРАТУРА, REFERENCES) nomli qismida keltiriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar umum qabul qilingan xalqaro me’yorlar asosida rasmiylaştiriladi.

Jurnal tahririyati bilan aloqa

"TATU xabarlari” jurnali tahririyati manzili:

100202, Özbekiston Respublikasi, Toşkent şahri, Yunusobod tumani, Amir Temur köçasi 108-uy, TATU, A korpus, 2-etaj, 232-xona.

Qabul vaqti: Har Çorşanba va Payşanba soat 10:00 dan 16:00 gaça

Telefon: (+998-71) 238-65-99

E-mail: tuit_xabar@tuit.uz

Letzte Aktualisierung: 03.11.2026 11:18