Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaş, nazorat va monitoring bölimi

  • Asosiy
  • Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaş, nazorat va monitoring bölimi

Bölim boşliği:

Fozilov Fayzulla Fatxulla o‘g‘li

Qabul vaqti: Duşanba,Çorşanba, Juma (15:00 – 17:00)
Telefon: (+99871) 238-65-23

Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaş, nazorat va monitoring bölimi haqida

Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaş, nazorat va monitoring bölimi Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligining 2021-yil 1-iyuldagi 390-sonli buyruğiga muvofiq Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universitetining tarkibiy bölinmasi hisoblanadi.

Bölim öz faoliyatida Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Qonunlariga, Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyişlariga, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyişlariga, Universitetning normativ hujjatlariga va bölim Nizomiga amal qiladi.

Bölim öz faoliyatini Universitet rektori rahbarligida amalga oşiradi.

Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaş, nazorat va monitoring bölimining asosiy vazifalari:

Universitetda jismoniy va yuridik şaxslar murojaatlari, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar  vazirligining mitc.ijro.uz, cabinet.mitc.uz, şuningdek Özbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining mf.ijro.uz, cabinetpm2.gov.uz, Universitetning tuit.uz tizimlari orqali kelib tuşayotgan buyruq va topşiriqlar, murojaatlar şuningdek yozma, oğzaki tarzda kelib tuşayotgan jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan belgilangan tartib asosida işlaşni taşkil qiliş;

Universitetga kelib tuşadigan jismoniy va yuridik şaxslarning  murojaatlarini qayd etib boriş, ularning belgilangan tartibda va muddatlarda körib çiqilişini ta’minlaş, nazoratga oliş;

Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlarini körib çiqiş böyiça tasdiqlangan tahliliy jadvallar böyiça hisobotlarni belgilangan tartibda tayyorlab, yuqori turuvçi taşkilotlarga tegişli muddatlarda taqdim etib boriş;

Universitetning bölimlari va markazlari, fakultet va kafedralari tomonidan jismoniy va yuridik şaxslarga yöllanayotgan javob xatlarini öz vaqtida va sifatini ta’minlaş yuzasidan monitoring qiliş, kelib tuşayotgan murojaatlar bazasini taşkil etiş va yuritiş;

Universitetda jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaş holatini muvofiqlaştiriş va har bir murojaatga javoblarni sifatli hamda belgilangan muddatlarda yuqori turuvçi taşkilotga kiritilişini talab qiliş;

Murojaatlarni Universitetning bölimlari bilan örganib çiqqan va tahlil qilgan holda yönalişi böyiça universitet tasarrufidagi filiallar, akademik litseylar va professional ta’lim muassasalariga tegişli elektron tizimlar orqali yuboriş;

Universitetda jismoniy va yuridik şaxslar murojaatlari bilan işlaş, ijro intizomi tizimini takomillaştiriş böyiça takliflar işlab çiqiş;

Universitetda Özbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlari, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyişlari ijrosini ta’minlanişini böyiça nazorat olib boriş.

Kadrlar tayyorlaş sifati va ta’lim oluvçilarning yuksak tayyorgarlik darajasiga nisbatan qöyiladigan zarur talablarni belgilab beruvçi davlat ta’lim standartlariga va boşqa me’yoriy hujjatlarga amal qilinişi içki nazoratini va moddiy texnika bazasini monitoringini olib boriş;

Professor-öqituvçilar faoliyatini baholaşning reytingi usullarining tadqiq etilişini amalga oşirişda iştirok etiş;

Tarkibiy bölinmalarning ijro va mehnat intizomi tasdiqlangan reja asosida tekşiriş (kafedralar, bölimlar va boşqalar) va talabalardan sörov anketalarini ötkazişda iştirok etiş;

Mavjud kamçiliklar va muammolarni bartaraf va hal qiliş böyiça aniq takliflarni universitet rahbariyatiga taqdim etiş.

Bölim faoliyati yuzasidan Rektorga hisobot tayyorlaş.

Sönggi yangilaniş: 06.11.2026 17:27