![]() |
|
| Ism Şarifi: | Ganiev Salim Karimovich |
| Tuğilgan sana: | 1940 yil 12 fevral |
| Tuğilgan joyi: | Toşkent |
| Ilmiy unvoni: | Texnika fanlari doktori, professor |
| Ta’lim: | 1956-1961 yillarda Toşkent Davlat universiteti |
| Yönaliş: | Fizika |
| Mutaxasisligi: | Fizik-radiofizik |
Ganiev Salim Karimovich - Axborot xavfsizligini taʼminlaş va ularni himoyalaş, kriptografiya va kriptoanaliz sohasida yirik olim.
Ganiev Salim Karimovich, 1940 yil 12 fevralda Toşkent şahrida tuğilgan. 1961 yili Toşkent Davlat universiteti (hozirgi Özbekiston Milliy Universiteti)ning fizika fakultetini fizik (radiofizik) ixtisosligi böyiça bitirib, mehnat faoliyatini Özbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining “Xisoblaş markazili mexanika instituti”da boşlagan. 1968 yili 24-mayda Ukraina milliy fanlar akademiyasining (Kiev şahri) “Kibernetika” institutida “Hisoblaş texnikasi” mutaxassisligi böyiça “Baʼzi bir köpboğlamli obʼektlarni boşqariş tizimlarini sintezlaş masalalari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.
1988 yil 2 fevralda Ukraina milliy fanlar akademiyasining (Kiev şahri) “Energetikada modellaş muammolari” institutida 05.13.13 “Hisoblaş maşinalari komplekslari, tizimlari va tarmoqlari” va 05.13.05 “Hisoblaş texnikasi va boşqariş tizimlari elementlari va qurilmalari” mutaxassisliklarining birikişida “Tajribaviy egri çiziqlarni avtomatlaştirilgan işlaş tizimlarida apparat va dasturiy vositalarni taşkil etiş” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan.
1969 yildan to 2005 yilgaça Toşkent Davlat texnika universitetida kafedra mudiri (32 yil), professor lavozimlarida işlagan. 2005 yildan hozirga qadar “Toşkent axborot texnologiyalari universiteti”da professor lavozimida işlab kelmoqda.

S.K.Ganiev 300 dan ortiq ilmiy-öquv-uslubiy işlanmalar muallifi. S.K.Ganiev rahbarligida va bevosita iştirokida 2 ta monografiya, 5ta darslik, 15 dan ortiq öquv qöllanma, jumladan 2 tasi kasb-hunar kollejlari uçun tayyorlangan. Аxborot xavfsizligi böyiça 2000 atama va tuşunçalarning rus, uzbek, ingliz tillaridagi izohli luğati tayyorlangan va çop etilgan. Ikkita öquv qöllanma Qoraqalpoq tiliga tarjima qilingan. Uning rahbarligida 211-16 KI talabasi Rustamov Umedjon 2019/2020 öquv yilida “Prezident stipendiyasi” sohibi bölgan.
S.K.Ganiev öquv-uslubiy işlari qatorida ilmiy-tadqiqot işlarida faollik körsatadi. Uning rahbarligida 2 ta fan doktori, 8 ta fan nomzodi, 3 ta falsafa doktori tayyorlangan. Hozirda 1 ta fan doktori va 2 ta falsafa doktori darajasini oliş uçun ilmiy-tadqiqot işlariga rahbarlik qilmoqda. Undan taşqari Davlat tomonidan moliyalangan fundamental va tatbiqiy ilmiy-tadqiqot işlariga muntazam ravişda rahbarlik qilib kelmoqda, jumladan:
- GNTP-17-010 «Spam xabarlar bilan kuraşiş böyiça qatʼiy mexanizm va vositalarni işlab çiqiş» 2009-2011 yillar, 18 mln.söm;
- F4-019 «Аxborot xavfsizligi körsatkiçlari va mezonlari tizimini şakllantiriş muammolarining tadqiqi» 2012-2016 yillar, 75 mln.söm;
- А5-063 “Аxborot kommunikatsiya tizimlarida tarmoqlararo ekranlaş va monitoringlaşning kompleks usulini işlab çiqiş” 2015-2017 yillar, 120 mln.söm;
- BV F4-0023 Taqsimlangan axborot-kommunikatsiya tizimlarida intsidentlar va kiberxujumlarga qarşi xarakatlarni boşqariş muammolarini tadqiq etiş 2017-2020 yillar, 220 mln.söm.
S.K.Ganiev universitet va respublika miqyosidagi jamoat işlarida faol qatnaşgan va qatnaşib kelmoqda. Öz vaqtida Respublika Oliy attestatsiya komissiyasida ekspert vazifasini bajargan. Hozirda Toşkent axborot texnologiyalari universitetida Ilmiy-texnik kengaş aʼzosi hamda universitet huzuridagi daraja beruvçi DSc 27.06.2017.T07.01 Ilmiy kengaş aʼzosi sifatida faoliyat körsatib kelmoqda.
