Djalalov Muzaffar Muxitdinovich
- Asosiy
- Djalalov Muzaffar Muxitdinovich
Tarjimai holi
- Muzaffar Djalalov 21 yoshida Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetini tamomladi.
- Bir yil o‘tgach, u Janubiy Koreyaga jo‘nadi va u yerda Yongnam Universitetida o‘qishni davom ettirdi.
- Uch yillik mashg‘ulotlardan so‘ng u Koreyada dars berish bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanib, texnologiyada sohasida mukammal martabaga erishgan.
- 2012-yilda Muzaffar Djalalov O‘zbekistonga qaytib Koreyada olgan barcha bilim va tajribalarini o‘z
- Vatanida qo‘llashga qaror qildi. 30 yoshida u doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi va fan doktori nomzodi bo‘ldi.
- Muzaffar Djalalov o‘z mehnat faoliyatini 2006-yilda «UNICON.UZ» DUK Ilmiy-texnik va marketing tadqiqotlari markazida oddiy ilmiy xodim sifatida boshlagan. O‘n yil o‘tgach, u ushbu korxona direktorining o‘rinbosari lavozimini egalladi. Shuningdek, u 5 yildan ortiq vagt davomida Axborot texnologiyalarini rivojlantirish vazirligida ishlagan. Bu yillar mobaynida u ta’lim va texnologiya sohasidagi jiddiy xalqaro loyihalarning koordinatori bo‘lib kelgan.
- 2018 yilda u Toshkentdagi Inha Universiteti rektori vazifasini bajaruvchisi etib tayinlanib, O‘zbekiston tarixidagi eng yosh rektorga aylandi. “Yuksalish” umummilliy harakati Muzaffar Djalalovni TOP-35 mamlakat yosh yetakchilari ro‘yxatiga kiritdi.
- Ta’kidlash joizki, Muzaffar Djalalov to‘rt tilda: O‘zbek, Rus, Ingliz va Koreys tillarida erkin so‘zlashadi. Uylangan. Ikki farzandi bor.