Tarjimai holi
Muzaffar Djalalov 21 yoshida Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetini tamomladi. Bir yil o’tgach, u Janubiy Koreyaga jo’nadi va u yerda Yongnam Universitetida o’qishni davom ettirdi. Uch yillik mashg’ulotlardan so’ng u Koreyada dars berish bilan muvaffaqiyatli shug’ullanib, texnologiyada sohasida mukammal martabaga erishgan.
2012-yilda Muzaffar Djalalov O’zbekistonga qaytib Koreyada olgan barcha bilim va tajribalarini o’z Vatanida qo’llashga qaror qildi. 30 yoshida u doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi va fan doktori nomzodi bo’ldi.
Muzaffar Djalalov o’z mehnat faoliyatini 2006-yilda «UNICON.UZ» DUK Ilmiy-texnik va marketing tadqiqotlari markazida oddiy ilmiy xodim sifatida boshlagan. O’n yil o’tgach, u ushbu korxona direktorining o’rinbosari lavozimini egalladi. Shuningdek, u 5 yildan ortiq vagt davomida Axborot texnologiyalarini rivojlantirish vazirligida ishlagan. Bu yillar mobaynida u ta’lim va texnologiya sohasidagi jiddiy xalqaro loyihalarning koordinatori bo’lib kelgan.
2018 yilda u Toshkentdagi Inha Universiteti rektori vazifasini bajaruvchisi etib tayinlanib, O’zbekiston tarixidagi eng yosh rektorga aylandi. “Yuksalish” umummilliy harakati Muzaffar Djalalovni TOP-35 mamlakat yosh yetakchilari ro’yxatiga kiritdi.
Ta’kidlash joizki, Muzaffar Djalalov to’rt tilda: O’zbek, Rus, Ingliz va Koreys tillarida erkin so’zlashadi. Uylangan. Ikki farzandi bor.