Djalalov Muzaffar Muxitdinovich

  • Home
  • Djalalov Muzaffar Muxitdinovich

Tarjimai holi

  • Muzaffar Djalalov  21 yoshida  Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetini tamomladi. 
  • Bir yil o‘tgach, u Janubiy Koreyaga jo‘nadi va u yerda Yongnam Universitetida o‘qishni davom ettirdi.
  • Uch yillik mashg‘ulotlardan so‘ng u Koreyada dars berish bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanib, texnologiyada sohasida mukammal martabaga erishgan.
  • 2012-yilda Muzaffar Djalalov O‘zbekistonga qaytib Koreyada olgan barcha bilim va tajribalarini o‘z
  • Vatanida qo‘llashga qaror qildi. 30 yoshida u  doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi va fan doktori nomzodi bo‘ldi.
  • Muzaffar Djalalov o‘z mehnat faoliyatini 2006-yilda «UNICON.UZ» DUK Ilmiy-texnik va marketing tadqiqotlari markazida oddiy ilmiy xodim sifatida boshlagan.  O‘n yil o‘tgach, u ushbu korxona direktorining o‘rinbosari lavozimini egalladi.  Shuningdek, u 5 yildan ortiq vagt davomida Axborot texnologiyalarini rivojlantirish vazirligida ishlagan.  Bu yillar mobaynida u ta’lim va texnologiya sohasidagi jiddiy xalqaro loyihalarning koordinatori bo‘lib kelgan.
  • 2018 yilda u Toshkentdagi Inha Universiteti rektori vazifasini bajaruvchisi etib tayinlanib, O‘zbekiston tarixidagi eng yosh rektorga aylandi.  “Yuksalish” umummilliy harakati Muzaffar Djalalovni TOP-35 mamlakat yosh yetakchilari ro‘yxatiga kiritdi.
  • Ta’kidlash joizki, Muzaffar Djalalov to‘rt tilda: O‘zbek, Rus, Ingliz va Koreys tillarida erkin so‘zlashadi.  Uylangan.  Ikki farzandi bor.