
Kafedra mudiri:
Sharipova Aziza Abdumanapovna
Chet tillar kafedrasi 1955-yilda tashkil etilgan. Kafedrada ingliz, nemis, fransuz va rus tillari o‘qitilgan. 1980-yil kafedra tarkibidan rus tili kafedrasi ajralib chiqib, Chet tillar kafedrasi alohida faoliyat yuritib kelmoqda. Kafedrada ingliz, nemis va fransuz tillari o‘qitilib kelinmoqda. Dastlab kafedra mudiri O.E.Kostromina 1980 -1991 yillarda, 1991-1997 yillarda dotsent Y.A.Inagamova, 1999–2013 yillarda katta o‘qituvchi G.N. Suleymanova,
2013-yil 20-fevraldan 2018-yil 9-yanvargacha katta o‘qituvchi V.X. Gaziyeva faoliyat yuritgan. 2018-yil 11-yanvardan f.f.d.(DSc), professor A.A.Sharipova kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. Kafedrada bakalavr ta’lim yo‘nalishining barcha yo‘nalishlarida (kunduzgi va sirtqi) ingliz, nemis, fransuz tillarida amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda.


2000-2001 o‘quv yili davomida Texas universitetidan professor-o‘qituvchilar guruhi kelib, kafedra o‘qituvchilari bilan tajriba almashganlar. Shu bilan birga institutimizda amaliyot daslarini o‘tashgan.
2006-yili G.S.Sobirova Malayziya texnika universitetida tashkil etilgan “Multimedia in English Teaching” dasturida tahsil oldi va malaka oshirdi. Shuningdek, G.N.Suleymanova iste’dod jamg‘armasining sovrindori va MARA texnologiyalar universitetida yangi pedtexnologiyalar dasturi bo‘yicha malaka oshirib keldi. Shu bilan birga 2006-yil oktyabr oyida O‘zbekiston va Germaniya va Axborot texnologiyalarining kasbiy ta’lim sohasini takomillashtirishdagi roli loyihasida maslahatchi o‘qituvchi bo‘lib qatnashdi.
1991-yildan buyon 200 dan ortiq o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chop etildi va ulardan 5 tasi muvofiqlashtirish kengashi guvohnomasiga ega.
2019, 2020 va 2021 yillarda 3 bosqichda tashkil topgan “O‘zbekiston intelektual avlodi” nomli ilmiy-amaliy konferensiya va “Chet tilini o‘rganish uchun yaratilgan ilova va ishlanmalar tanlovi” o‘tkaziladi va bunda TATU va uning filiallaridan yuzlab talabalar ishtirok etdilar. Konferensiyaning asosiy maqsadi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallari talabalari orasidan o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha olgan bilimlarini nazariy va amaliy tomonlarini namoyon qilgan va o‘z fikrlarini ingliz tilida ravon bayon eta olgan iqtidorli, qobiliyatli va iste’dodlilarini aniqlash, ulardagi ijobiy qobiliyatlarini ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashish va qo‘llab quvvatlash bo‘lgan.
Chet tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi Nargiza Sharofutdinovna Nasirova talabalari bilan har yili Fransiyaning O‘zbekiston elchixonasi madaniy hamkorlik tomonidan tashkil etilgan Frankofoniya tanlovida qatnashib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqda.
“Eng yaxshi ingliz tili o‘qituvchisi” respublika tanlovida kafedramiz katta o‘qituvchilari Zohidova Go‘zal Elbekovna (2014), Ibragimova Nayira Anvarovna (2016) qatnashib, tanlov g‘olibi bo‘ldi va Ibragimova Nayira Anvarovna
2016-yilning avgust oyida Buyuk Britaniyaga 2 haftalik o‘quv kursiga borishga muyassar bo‘ldi. 2017-yil Sharipova Aziza Abdumanapovna “Eng yaxshi pedagog” Respublika tanlovida g‘olib bo‘ldi.
Mamlakatlar o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarining izchil rivojlantirish munosabati bilan 2024-yilning 24-iyun kuni Chet tillar kafedrasi qoshida “Nemis tili markazi”, 2025-yilning 15-sentabr kuni “Ingliz tili” hamda “Fransuz tili” markazlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rahbariyati, vazirlik xodimlari, xorijiy hamkorlar ishtirok etishdi. Jumladan, British Council vakili Amirsaid Sadikov, Toshkent Fransuz Alyansi direktori Axmedov Dilshod Komildjanovich, madaniyat bo‘limi xodimi Alice tashrif buyurishdi va o‘zlarining iliq fikrlarini bildirishdi. Mazkur markazlar TATU talabalari va professor o‘qituvchilariga, qolaversa, ingliz, nemis, fransuz tillarini o‘rganishni hohlagan barcha talabgorlarga mazkur tillarni Umumyevropa til o‘qitish standartlari asosida o‘qitishni va milliy hamda xalqaro til bilish darajasini aniqlovchi sertifikatlar beruvchi imtihonlarga tayyorlov kurslari olib borishni maqsad qilgan. Ushbu markazda kafedra professor o‘qituvchilari: M.Mavlonova, N.Nasirova, E.Salahova, S.Abdiyeva, N.Nishonovalar dars mashg‘ulotlarini muntazam ravishda olib borishmoqda.
Toshkent Fransuz Alyansining ko‘chma ikki xaftalik dasturi doirasida 2025-yilning 20-noyabr kuni “Suhbat klubi– Fransiya mintaqalari!” tadbiri o‘tkazildi . Mazkur suhbat klubini Fransuz Alliance markazining madaniyat xodimi Alice Claer tashkil etdi. Tadbirning asosiy maqsadi - talabalar o‘rtasida fransuz tili va madaniyatiga bo‘lgan qiziqishni oshirish, muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda madaniyatlararo aloqalarni mustahkamlashdan iborat.
2025-yilning noyabr oyida Campus France agentligining O‘zbekistondagi vakili Alice Mot “Fransuz tili” markaziga tashrif buyurib, talabalar bilan uchrashdi. Talabalarga Fransiyada ta’lim olish imkoniyatlari, ariza topshirish jarayoni, grantlar va talabalar hayoti haqida batafsil ma’lumot berildi. Ushbu tadbir chet tillar kafedrasi mudiri A.Sharipova hamda fransuz tili fani o‘qituvchisi dotsent v.b. N.Nasirova tashabbusi bilan o‘tkazildi.
Chet tillar kafedrasining bir qator professor o‘qituvchilari xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan ilmiy-uslubiy anjumanlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, kafedra mudiri f.f.d (DSc), professor v.b А.Sharipova 2024-yil 6-8-mart kunlari Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan XALQARO LIDЕR AYOLLAR KONGRЕSSida faol ishtirok etdi. Shuningdek, p.f.f.d (PhD), dotsent D.Maxametova 2025-yilning 22-23 may kunlari Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida o‘tkazilgan 8-xalqaro ICMDRSE-2025 konferensiyasida, kafedra assistenti N.Nishanova 2025-yilning 4–11-dekabr kunlari Germaniyaning Technische Hochschule Würzburg-Schweinfurt (THWS) universitetida xizmat safari va tajriba almashinuv dasturida ishtirok etdi. Mazkur tashrif TATU va THWS o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida amalga oshirildi.Tashrif doirasida THWSning Informatika va iqtisodiy informatika fakulteti professori Peter Braun bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, nemis va ingliz tillari markazlari o‘rtasida tajriba almashish, THWSdagi Xalqaro haftalik tadbirlariga TATU vakillarini jalb etish kabi muhim rejalar belgilab olindi.
Kafedra dotsenti, f.f.f.d (PhD) D.Radjabova xalqaro QS World University Rankings 2025 bo‘yicha top 1000 talikka kirgan Xitoyning Haynan Pedagogika universitetida 2026-yilning 23-25-yanvar kunlari bo‘lib o‘tgan “CNSCT 2026 - Kriptografiya, tarmoq xavfsizligi va aloqa texnologiyalari” nomli xalqaro konferensiyada o‘zining taqdimoti bilan qatnashdi va sertifikatga ega bo‘ldi. Kafedra dotsenti M.Muhitdinova AQShning nufuzli unuversitetlarining birida 4 oylik malaka oshirish kursida o‘qib, universitetga 24.000$ AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritdi.
Chet tillar kafedrasida faoliyat olib borayotgan professor o‘qituvchilar o‘z kasbiy faoliyatlarida bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirish maqsadida doimiy izlanish olib borishadi. Jumladan, global onlayn ta’lim platformasi Coursera onlayn kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, xalqaro miqyosda tan olingan Coursera sertifikatlariga ega bo‘lishdi.
Universitetimizda o‘tkazilgan “QS Reimagine Education Awards & Conference” konferensiyada “Inclusive Audio Learning Guide”, “UzbekLingua+”, “ICT-CorpusEDU: A Bilingual English-Uzbek Corpus For ICT Professionals”, “Integrating AI and VR for Advanced English Language Learning”, “Live Quizzes in Distance Learning” nomli 5ta loyiha, Erasmus+ doirasida yana 2ta loyiha taqdim etildi. 2024-yil 21-23-may kunlari universitetda o‘tkazilgan “TUIT Bright Future Week” tanlovlar haftaligida kafedra professor-o‘qituvchilari A.Sharipova,
F. Kadirova, L.Hakimovalar o‘z loyihalari bilan qatnashishdi.
Kafedra professor o‘qituvchilari respublika va xalqaro tanlovlarda ham faol ishtirok etib kelishmoqda. Kafedra dotsenti M.Shaxakimova MDH davlatlari miqyosida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik tanlovda “Eng yaxshi xizmatlari uchun” esdalik nishoni, ID sertifikat, maxsus guvohnoma bilan taqdirlandi. Shuningdek, “Science researchers center” ilmiy matbuot markazi va “ZIYOLI PEDAGOGLAR” kanali hamkorligida “Yil o‘qituvchisi-2023” ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovining g‘olibi bo‘ldi.
Iqtidorli oʻquvchilarni aniqlash, qoʻllab-quvvatlash va ularning salohiyatini rivojlantirish uchun sharoit yaratish, yoshlarda fanga boʻlgan qiziqishni oshirish, ijodiy va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish, hamda seleksiya orqali xalqaro va respublika musobaqalarga munosib nomzodlarni tayyorlash maqsadida kafedrada muntazam ravishda Fan Olimpiadalari tashkil etilib, unda talabalarning o‘qish, yozish, tinglab tushunish hamda gapirish ko‘nikmalari baholanadi. Fan Olimpiadasi g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar
- Ingliz tili
- Fransuz tili
- Nemis tili
Kafedra professor o‘qituvchilari
- Sharipova Aziza Abdumanapovna — Kaf. Mudiri, DSc, Dotsent
- Ibragimova Nayira Anvarovna — DSc, Prof v.b., Dotsent
- Abduvaxobova Dilnoza Nurmuxamatovna — PhD, Dotsent
- Saydalieva Gavxarxon Avazovna — PhD, Dotsent
- Atashikova Nilufar Anarmatovna — PhD, Dotsent v.b.
- Barnoyeva Nilufar Yoqubovna — PhD, Dotsent v.b.
- Mavlonova Mavluda Davurovna — PhD, Dotsent v.b.
- Radjabova Dilnoza Anvarovna — PhD, Dotsent v.b.
- Maxametova Dilnavoz Batirovna — PhD, Dotsent v.b.
- Avezova Dildora Davlatovna — PhD, Katta o‘q.
- Daniyarova Sitora Qulmatovna — PhD, Assistant
- Shaxakimova Mavjuda Tashpolatovna — Dotsent
- Sultanova Xilola Djamalutdinovna — Dotsent
- Safarova Fotima Isamitdinovna — Dotsent
- Nigmatova Xilola Abrorovna — Dotsent
- Nasirova Nargiza Sharofdinovna — Dotsent v.b.
- Abdieva Saida Irisovna — Katta o‘q.
- Alimuxamedova Xabiba Rustamovna — Katta o‘q.
- Ibragimova Shaxnoza Turgunovna — Katta o‘q.
- Kadirova Feruza Xikmatullayevna — Katta o‘q.
- Karimova Diyora Abduvaxidovna — Katta o‘q.
- Lutfullayeva Xulkar Asatullayevna — Katta o‘q.
- Razzakova Gulchexra Rustamovna — Katta o‘q.
- Salaxova Elza Zagirovna — Katta o‘q.
- Xakimova Laziza Yusupovna — Katta o‘q.
- Kasimova Mexrixon Mutalxodjaevna — Katta o‘q.
- Umarxo‘jaeva Hilola Sirojiddinovna — Katta o‘q.
- Abdirazzokova Sadakat Alimbayevna — Assistent
- Abulkasimova Yulduzxon Sunnatillayevna — Assistent
- Djalilova Nilufar Dilshodovna — Assistent
- Nishanova Nozima Maxmudovna — Assistent
- Raxmonova Gulxayo Xalilovna — Assistent
- Saidvalieva Dilafruz Ravshanovna — Assistent
- Shukurova Zilola Fazlitdinovna — Assistent
- Mo‘minova Malika Rashidovna — Assistent
- Madraximova Durdona Umirbekovna — Assistent
- Yusupova Aziza Abdujalilovna — Assistent
- Raxmonova Dilafruz — Assistent
Tatu chet tillar kafedrasi Respublika konferensiyasi 2019
Tatu chet tillar kafedrasi Respublika konferensiyasi 2020
Tatu chet tillar kafedrasi Respublika konferensiyasi 2021