Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti «Bo‘stonliq o‘quv poligoni”
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Xondoyliq qishlog‘ida joylashgan poligonida ishchi – xodimlar, profepoligonir – o‘qituvchi hamda talabalarning yozgi ta’til davrida dam olishlari uchun quyidagi sharoitlar:
177 kishilik 7 ta kottedj va 1 ta ikki qavatli bino, sharoitlarga ega oshxona, 2 ta suv to‘planadigan moslama, kattalar va bolalar uchun alohida cho‘milish suv havzalari va konferensiya zali mavjud.
Poligonining umumiy maydoni – 8,1 ga.
Poligonda 177 ta joy mavjud bo‘lib, bulardan 152 ta oddiy va 25 ta qulay sharoitli joylarga ega. Bu yilgi mavsum 1 iyuldan 25 avgustga qadar rejalashtirilgan. Yo‘llanma bir kishiga, ovqatsiz 1 kunlik narxi 150 000 so‘m. Universitet ishchi – xodimlar, professor – o‘qituvchilari uchun imtiyozli yo‘llanmaning bir kishiga, ovqatsiz bir kunlik narxi 100 000 so‘mni tashkil etadi.
Kottejlarda quyidagi shart – sharoitlar mavjud:
- issiq va sovuq suv;
- dush xonalari;
- muzlatgich;
- televizor;
- gaz plitasi.
Shu bilan birgalikda dam oluvchilarga qo‘shimcha ravishda sport bilan shug‘ullanishlari uchun stol tennisi, shaxmat – shashka, badminton va madaniy xordiq chiqarishlari uchun kun oxirida “TATU klubi” havaskorlari ishtirokida konsert dasturlari tashkil etilgan.
Mehnat ta’tili davrida kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan va unda dam oluvchilarning sog‘liqlarini tiklash, ularga zarurat tug‘ilganda tibbiy yordam ko‘rsatish va dam olishlarini maroqli o‘tkazishni tashkil etish hamda ko‘ngilochar tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
2023 yilgi mavsumda amalga oshirilgan ishlar:
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori tashabbusi bilan, universitetda ta’lim sifati, shakli va mazmunini innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida takomillashtirish, talabalarda kreativ qobiliyatni rivojlantirish, ularda yaratuvchilik sifatlarini tarkib toptirish, ilm-fan rivojiga hissa qo‘shadigan iqtidorlarni tarbiyalash, shuningdek professor-o‘qituvlarning salohiyatigi oshirish kabi bir qator ishlar, jumladan, 2022-yilning yoz oylarida, universitet rahbar xodimlari, professor-o‘qituvchilari va boshqa bir qator xodimlar bilan birgalikda, shuningdek, barcha fakultetlarda tahsil olayotgan iqtidorli va universitet xayotida faol bo‘lgan iqtidorli va faol talabalar ushbu tadqiqod ishlari jalb qilinib kelinmoqda. Shuningdek, ushbu tadqiqod o‘quv jarayonlarida dress kodlarsiz bir necha bor ochiq muloqot tarzda uchrashuvlar “Team Building” tarzida tashkil qilindi. Bu tadbirlar yoz faslida, ta’til vaqtlarda uyushtirilib jami 350 nafar xodimlar va 1000 dan oshiq talabalar jalb etildi.
Shunigdek, 2023-yil davomida, universitet ma’muriyati hisobidan xo‘jalik bo‘limining bir guruh xodimlari uchun 2 kunlik dam olish dasturi tashkil etildi va bunga jami 70 nafardan ziyod xodimlar jalb etildi.
2023 yilni «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili» deb e’lon qilishi sababli, joriy va keyingi o‘quv yillarida ta’lim sohasidagi islohatlar samarasi o‘laroq, talabalarda kreativ qobiliyatni rivojlantirish, ularda yaratuvchilik sifatlarini tarkib toptirish, ilm-fan rivojiga hissa qo‘shadigan iqtidorlarni tarbiyalash, shuningdek professor-o‘qituvlarning salohiyatigi oshirishni yanada rivojlantirish maqsadida, o‘quv-poligondan kengroq foylanish, undagi ilmiy tadqiqod loyihalarin ko‘paytirish ustida ishlar olib borildi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ma’muriyati tomonidan rahbariyat hamda raxbar xodimlar birgalikda dam olish va ish jarayonidagi masalalarni dress kodlarsiz ochiq muloqot tarzda muhokama qilish jarayoni “Team building” tarzida tashkil qilindi
“Team building” davomida raxbar xodimlar o‘rtasida turli viktorinalar o‘tkazildi. Kunning eng ajoyib musobaqasi “Osh tayyorlash” musobaqasi bo‘lib, unda 6 ta jamoa turli xil viloyatlar an’anasiga muvofiq osh tayyorlashdi.
Tayyorlangan oshlar bahamjixatlikda tanavvul qilinib eng sarasi tanlab olindi. G‘oliblar munosib taqdirlanib esdalik sovg‘alari topshirildi. Tabiat bag‘rida ajoyib dam olish judayam mazmunli va maroqli o‘tdi. Tadbirda jami 122 nafar rahbar xodimlar qatnashishdi. Tadbir uchun jami 14.5 mln so‘m mablag‘ sarflandi. Mablag‘lar transport xarajatlari va oziq ovqat maxsulotlari, shuningdek bayram dasturxoni uchun olingan nozu-ne’matlar uchun sarflandi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ma’muriyati tomonidan rahbariyat hamda raxbar xodimlar birgalikda dress kodlarsiz ochiq muloqot tarzda barcha fakultetlarda tahsil olayotgan iqtidorli va universitet xayotida faol bo‘lgan bir qator iqtidorli va faol talabalar uchun uchrashuv “Team building” tarzida tashkil qilindi