Boşlanğiç kasaba uyuşma qömitasi

  • Asosiy
  • Boşlanğiç kasaba uyuşma qömitasi

Rais:

Jumayev Sohib Bahodirovich

Qabul vaqti: Duşanba – Juma 15:00 – 17:00
Telefon: (+99871)238-64-02
E-mail:  s.jumaev@tuit.uz

Boşlanğiç kasaba uyuşma qömitasining faoliyati töğrisida

Boşlanğiç kasaba uyuşma qömitasi a’zolarini mehnat faoliyatidagi ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy  manfaatlarini himoya qiladi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universiteti Boşlanğiç kasaba uyuşma qömitasi (TATU BKUQ)ni professor – öqituvçilar, doktorantlar, işçi xodimlar hamda universitetda köp yillar davomida mehnat qilgan pensionerlar taşkil qiladi.

BKUQ tarkibi 17 ta faollardan iborat.

Universitet rahbariyati xodimlarning manfaatlariga taalluqli bölgan qarorlar qabul qilişdan oldin kasaba uyuşma qömitasi bilan birgalikda iş olib boradi. Kasaba uyuşma qömitasining takliflarini öz vaqtida körib çiqadi hamda mehnat masalalarida, universitet rahbariyati universitet faoliyatiga oid masalalar böyiça va boşqa ijtimoiy – siyosiy masalalar yuzasidan zarur bölgan axborotlarni kasaba uyuşma qömitasiga taqdim etib boradi.

Boşlanğiç kasaba uyuşma qömitasiga a’zo bölgan xodimlar uçun:

  • millati, jinsi, yoşi va diniy e’tiqodidan qat’iy nazar Kasaba uyuşma a’zosining mehnat qilişi, işni, kasbni erkin tanlaş, adolatli mehnat şaroitini yaratib berişi va işsizlikdan himoya qilinişiga doir konstitutsiyaviy huquqlariga rioya etilişiga;
  • insonning ma’naviy va jismoniy kuç quvvatlarining tiklaniş vositasi bölgan böş iş vaqtini köpaytiriş va undan oqilona foydalanişga;
  • mehnat qonunçiligi, mehnatni va atrof-muhitni muhofaza qiliş qonunlari, qoidalari va me’yorlariga rioya etilişiga;
  • soğlomlaştiriş uçun baza yaratilişiga va zarur vositalar ajratilişiga;
  • ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlaş maqsadlarida jamoa şartnomalari va kelişuvlari tuzilişiga, ularning bajarilişi ustidan nazoratni amalga oşirişga;
  • davlat organlari va jamoat taşkilotlari bilan hamkorlikda işlaş, Kasaba uyuşma a’zolarining mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy huquq va erkinliklarini himoya qilişga qaratilgan qonun hamda boşqa me’yoriy hujjatlar qabul qilinişiga, barqaror, hamjihatlik va fuqorolar totuvligini saqlab qolişga;
  • mexnatga haq tölaşning ijtimoiy adolatli tizimini joriy etilişiga;
  • işlab çiqarişning rivojlaniş darajasiga binoan kasaba uyuşma a’zolarining malakasini oşirişga va kasb jihatidan qayta tayyorlaşga erişişga intiladilar.

Kasaba uyuşma a’zolarining huquqlari va vazifalari:

  • kasaba uyuşmasiga a’zo böliş ixtiyoriydir. Kasaba uyuşmasi Ustavini tan oluvçi va uning talablarini bajaruvçi hamda a’zolik badallarini tölab boruvçi xodim kasaba uyuşma a’zosi böla oladi;
  • mehnat munosabatlariga oid masalalar yuzasidan, mulk şakllridan qat’iy nazar davlat, sud va xöjalik organlarida kasaba uyuşmasining huquqiy yordamini oliş va uning himoyasida bölişi;
  • kasaba uyuşmalari organlariga saylaş va saylanişi;
  • kasaba uyuşmalarining tadbirlarida iştirok etiş, öz fikrini erkin bayon qiliş, öz faoliyatini va xulq-atvoriga taalluqli masala körib çiqilayotgan majlislar, yiğilişlar va konferensiyalarda şaxsan iştirok etiş;
  • yuqori kasaba uyuşma qömitalariga murojaat etiş;
  • kasaba uyuşmalari sihatgohlari, sanatoriyalar, sanatoriy-profilaktoriylari, dam oliş bazalari, bolalar soğlomlaştiriş lagerlariga davolaniş va dam oliş uçun imtiyozli tariflar böyiça yöllanmalar oliş.

Kasaba uyuşma qömitasi universitet ma’muriyati bilan kelişilgan holda quyida keltirilgan qarorlarni körib çiqadi:

  • Mehnat şaroitini, mehnat xavfsizligi va muhofazasini yaxşilaş;
  • Universitet xodimlarining iş bilan band bölişi hamda ular uçun ijtimoiy imtiyozlarning kafolatlanişi;
  • Işçi-xodimlar hamda talabalarni rağbatlantiriş va mukofotlaş;
  • Universitet vakolatlari doirasida ijtimoiy-iqtisodiy xarakterdagi boşqa muammolar böyiça birgalikda kelişilgan qarorlar qabul qiliş;
  • Universitet profilaktoriyasida davolaniş uçun xodimlarga imtiyozli yöllanmalar berilişini ta’minlaş;
  • Professor - öqituvçi va işçi - xodimlarga «Böstonliq» sport-soğlomlaştiriş maskanida dam oliş uçun beriladigan imtiyozli yöllanmalar ajratiş.

Boşlanğiç kasaba uyuşma qömitasi tomonidan amalga oşirilayotgan işlar:

BKUQ iş faoliyati davrida universitetning kam ta’minlangan işçi – xodimlari hamda talabalari örganib borilib, ularga universitet rahbariyati bilan kelişilgan holda moddiy rağbatlantiriş amalga oşirilib kelinadi. Kasaba uyuşma qömitasi tomonidan universitetning kam ta’minlangan oila farzandlari bölgan talabalarga dekanat tavsiyasi bilan moddiy yordam körsatiladi.

Universitetda köp yillar davomida işlab nafaqaga çiqqan yolğiz keksalar KOMITETning e’tiborida turadi. Har yili ularning holidan xabar olinib, moliyaviy imkoniyat darajasida moddiy yordam körsatiladi.

Universitetda BKUQ işçi – xodimlarni ijtimoiy himoya qiliş maqsadida quyidagi işlarni nazorat qilib boradi:

  • Işçi – xodimlarning ijtimoiy himoyasini;
  • Mehnat intizomini;
  • Mehnat muxofazasi va mehnat şaroitlarini yaratişni;
  • Işçi – xodimlarning iş haqi va iş haqidan uşlab qolinadigan daromad soliğini nazorat qilinişini;
  • Iş haqi va avanslarni öz vaqtida berib borilişini;
  • Qişki – kuzgi mavsumga tayyorgarlik körişni;
  • Talabalarni asossiz universitetdan çetlaştirilişini;
  • Jamoa şartnomasining çoraklar böyiça bajarilişini;
  • Işçi – xodimlarni tibbiy körikdan ötkazişni;

BKUQ işçi – xodimlarni mehnat intizomiga rioya qiliş maqsadida ularga qömita faollari bilan birgalikda tuşuntiriş işlarini olib boradi va yuzaga kelgan muammolarni örganib çiqadi. Jiddiy holatlar BKUQ ninig Kengaş yiğilişida köriladi va rektoratga taklif beriladi.

BKUQ yil davomida mehnat xavfsizligini doimiy ravişda nazorat qilib boradi va işçi – xodimlarni mehnatdagi faoliyatini yaxşilaş maqsadida, har yili bir marta tibbiy körikdan ötkazişni taşkil qilib boradi. Tibbiy körikdan ötkaziş orqali ayrim işçi – xodimlarga dori – darmonlar olişlari uçun moddiy yordam körsatiladi. Şu bilan birgalikda universitet tibbiyot şahobçasiga işçi – xodimlarni iş bilan boğliq bölmagan holda, tibbiy yordamga muhtoj bölganda birinçi tibbiy yordam körsatiş uçun rahbariyat bilan kelişilgan holda dori – darmonlar bilan ta’minlab boriladi. Tibbiyot şahobçadagi vraç va hamşiralarning iş faoliyati nazorat qilinadi. Talabalarni soğligini tiklaş borasida ham işlarni amalga oşiradi. 

Işçi – xodimlarning oylik maoşlari va avanslarini öz vaqtida berilişi nazorat qilinadi.

BKUQ işçi – xodimlarning mehnat ta’tilini ötkaziş davrida va soğliklarini tiklaş uçun sanatoriya va dam oliş uylariga imtiyozli yöllanmalar ajratadi.

BKUQ universitetdagi mavjud ovqatlaniş joylarini doimiy ravişda nazorat qilib boradi, ya’ni oşxonalarning sanitar holati, ovqatlarning sifati böyiça va ovqatlarning narh – navolarini nazorat qiladi. 

BKUQ hozirgi kunda ma’naviy - ma’rifiy işlarga katta e’tibor berilayotganini inobatga olib, yurtboşimiz tomonidan olib borilayotgan siyosatni qöllab – quvvatlaş, ota – bobolarimiz tomonidan saqlab kelingan tariximiz va me’moriy obidalarni asrab – avaylaş böyiça ma’naviyat va ma’rifat bölimi bilan birgalikda tuşuntiriş işlarini amalga oşirmoqda. 

Talabalar va işçi – xodimlarning huquqiy savodxonligini oşiriş maqsadida universitet rahbariyati bilan kelişilgan holda har öquv yilining "Bilimlar kuni”da barça guruhlarida Mustaqillik darslari ötkaziladi. Universitetning gumanitar fanlar kafedralari öqituvçilari tomonidan "Ogohlik davr talabi”, "Xalqaro terrorizm, diniy ekstemizmning kelib çiqişi va unga qarşi kuraşişning ma’naviy – ma’rifiy asoslari” mavzusida uçraşuv va davra suhbatlari ötkaziladi.

Har yili işçi – xodimlar va talabalarni madaniy xordiq çiqarişlari uçun "Muqimiy”, "Milliy akademik teatr” va boşqa teatrlarga biletlar taşkil qilinadi.

BKUQ tomonidan respublikamizda belgilangan barça bayramlarda bayram tadbirlari rejasi işlab çiqilib, ularni taşkillaştiradi.

12 yoşgaça farzandlari bor işçi – xodimlarga "Yangi yil” sovğalari hamda "Yangi yil arçasi” bayram tadbirlariga çiptalar xarid qilib beriş taşkil qilingan.

Tabarruk 55, 60, 70 va 80 yoşga tölgan işçi – xodimlar jamoa oldida tantanali ravişda mukofotlanib boriladi.

Har yili 9 – may "Xotira va qadrlaş” kuniga bağişlab universitet işçi – xodimlaridan va universitetda köp yillar davomida işlab ketgan Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilariga, baynalminalçi jangçilarga, front ortida mehnat qilgan va ularga tenglaştirilgan xodimlar moddiy rağbatlantiriladi hamda bayram dasturxoni taşkil etiladi.

Işçi – xodimlar, talabalar sportning barça turlari bilan şuğullanib borişmoqda va musobaqalarda özlarining jamoalari bilan qatnaşişmoqda. Özbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyuşmasi Markaziy Kengaşi tomonidan taşkil etiladigan 3 bosqiçli spartakiadada ham faxrli örinlarni egallab kelmoqda. Şu bilan birga Özbekiston Respublikasi  axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi va Özbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyuşmasi Markaziy Kengaşi tomonidan ötkaziladigan mini – futbol böyiça musobaqalarda faxrli örinlarni egallab kelgan. Universitetda va boşqa taşkilotlarda bölib ötgan sport musobaqalarda qatnaşib, ğolib çiqqanlarga pul mukofoti va qimmatbaho sovğalar ajratilib kelinmoqda.

 

 
 
Sönggi yangilaniş: 06.11.2026 17:27