AKT sohasida iqtisodiyot

  • Asosiy
  • AKT sohasida iqtisodiyot

Kafedra mudiri:

Iminova Nargizaxon Akramovna

Qabul vaqti: Dushanba – Shanba ( 15:00-17:00 gacha)
Telefon: (+99871) 238-64-72

KAFEDRA TARIXI

“Iqtisod” kafedrasi 1971 yilda universitet “Siyosiy iqtisod” kafedrasi ikki mustaqil kafedraga bo‘linishi natijasida dastlab “Aloqa korxonalari iqtisodiyoti, rejalashtirish va boshqaruv” deb nomlandi. Kaferdani 1971-1974 yillarda X.S.Mansirev boshqardi.

Kaferdaga 1974-1986 yillarda iqtisod fanlari nomzodi, dotsent V.G.Butkeyev, 1986-1991 yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent O.Ye.Yakovlevlar mudirlik qildilar.

Kafedraga 1991-2011 yillarda o‘z kasbini chuqur egallagan, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent T.M.Butkeyeva mudirlik qilgan.

1996 yilda iqtisodiy yo‘nalishlari bo‘yicha yangi fakultet – O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining 1996 yil 20 maydagi 175-sonli buyrug‘iga asosan muhandis-iqtisodchi fakulteti tashkil qilinishi sababli kafedra tarkibidan “Aloqa korxonalarning iqtisodiyoti” kafedrasi ajralib chiqdi.

2002 yil 13 dekabrdan Universitet rektorining buyrug‘i bilan “Iqtisod” kafedrasi deb yuritila boshlandi.

“Iqtisod” kafedrasiga 2012-2013 yillarda iqtisod fanlari nomzodi Sh.E.Sindarov mudirlik qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 26 martdagi PQ-1942 son qarori talablarga muvofiq Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish natijasida Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2013-2014 o‘quv yilidan boshlab yangi “AKT sohasida iqtisodiyot va menejment” yo‘nalishi va mutaxassisligi bo‘yicha talabalar qabuli boshlanadi va 2013 yildan kafedra nomi “AKT sohasida iqtisodiyot” deb yuritila boshlandi.

Kafedraga 2013-2016 yillarda iqtisod fanlari nomzodi S.P.Achilova, 2016 yil 4-sentyabrdan 2016 yil 10 oktyabrgacha iqtisod fanlari nomzodi X.A.Qobulov mudirlik qilgan.

Bugungi kunda ushbu kafedraga 2016 yil 12 oktyabrdan iqtisod fanlari nomzodi, dotsent N.A.Iminova mudirlik qilmoqda.

Kafedra o‘qituvchilari kafedra ilmiy mavzusi bilan bog‘liq muammolarga bag‘ishlangan seminarlar hamda xalqaro, respublika ilmiy-texnik va ilmiy-metodik konferentsiyalarda ishtirok etib kelmoqdalar. Bundan tashqari, kafedra o‘qituvchilari tomonidan respublika va xorijiy jurnallarda ilmiy maqolalar muntazam ravishda chop etilmoqda.

 

BAKALAVRIAT ta’lim yo‘nalishi:

  • 60611200 - AKT sohasida iqtisodiyot va menejment:
  • 60310500 - Raqamli iqtisodiyot (Axborot-kommunikatsion texnologiyalari)
  • 60410100 - Iqtisodiyot

 

MAGISTRATURA mutaxassisliklari:

  • 70410110- Raqamli iqtisodiyot

 

KAFEDRADA O’QITILADIGAN FANLAR

Bakalavriatura:

  • Iqtisodiyot nazariyasi 1,2
  • Iqtisodiy ta’limotlar tarixi
  • Statistika
  • Ekonometrikaga kirish
  • Iqtisodiyotda ma’lumotlar tahlili
  • Iqtisodiy tahlil
  • Mikroiqtisodiyot
  • Ekonometrika
  • Moliyaviy hisobga kirish
  • Makroiqtisodiyot
  • Amaliy ekonimetrika
  • Moliyaviy savodxonlik
  • Tashkilot risklarini baholash
  • Xalqaro iqtisodiyot
  • Akademik ko‘nikmalar va kasbiy kompitetnlik
  • Buxgalteriya hisobi tamoyillari
  • Korxonaning investitsion siyosati
  • Cost engineering
  • Iqtisodiy o‘sish
  • Biznes etikasi
  • Iqtisodiy xavfsizlik
  • Moliya va moliyaviy texnologiyalar
  • Raqamli iqtisodiyot va innovatsiya
  • Pul, kredit va banklar
  • Sug ’urta ishi
  • Soliq va soliqqa tortish
  • Moliya bozorlari

Magistratura:

  • Raqamli transformatsiya
  • Ekonometrika 2;
  • Biznesni baholash;
  • Biznes jarayonlarini taxlil qilish va modellashtirish;
  • Biznes strategiyasi.

 

KAFEDRA PROFESSOR OQITUVCHILARI

 
 
 
Iminova Nargizaxon Akramovna -
i.f.n., dotsent kafedra mudiri
 
Byung Gwun Choy-
Kookmin University South Korea. Professor
 
Surahio Muhammad Kashan –
professor, (PhD)
 
Kudaynazarova Dilnaz Koshkarbaevna  -dotsent (PhD)
 
 
 
Xudaynazarova Dilorom Xayrullaevna-  dotsent (PhD)
 
Xasanova Nigora Asqarovna-   
v.b.dotsent (PhD)
 
Bobojonova Zarnigor
Shokirovna-
dotsent (PhD)
 
Ibadullayev Sanjar Sodiqmuratovich – dotsent v.b (PhD)
 
 
 
Zuxurova Nargiza Abdusattarovna – dotsent v.b (PhD)
 
Karimova Latofat Sadullayevna –
katta o‘qituvchi (PhD)
 
Kim Yelena Radionovna –
 katta o‘qituvchi
 
Akramova Gulnora Abduvoxidovna-
katta o‘qituvchi
 
 
 
Mamatkulov Gulom
Rustamovich –
katta o‘qituvchi
 
Saidov Farrux Faxriddinovich –
katta o‘qituvchi
 
   Babahanova Dildora Rustamovna –  katta o‘qituvchi
 
Mirzaraximova Aziza Azimdjanovna -
katta o‘qituvchi
 
 
 
Odinayev Nuriddin Ramazon o‘g‘li –  assistent
 
Janaydarova Kamola Abayevna –
stajyor - o‘qituvchi
 
Tajiddinov Jamshiddin Shamsutdinovich – assistent
 
Nuraliyeva Feruza Yangiboyevna – stajyor o‘qituvchi
 
 
 
 
Murodova Zilola Asatulla qizi –  
stajyor - o‘qituvchi
 
Shaxriddinova Sitora Tolibjon qizi  – 
stajyor - o‘qituvchi
 
Rayimjonova Gulnoza Abduraimovna –
stajyor - o‘qituvchi
 
 

 

KAFEDRA O‘QITUVCHILARINING ILMIY USLUBIY ISHLARI

  • To‘raev Sh.Sh., Kudaynazarova D.K. “Салыqлар ҳәм салыqqa тартыў” nomli darslik, 2025-yil.
  • Saitkamolov M.S. “Moliya” nomli darslik, 2025-yil.
  • Iminova N., Akramova G. “Moliyaviy texnologiyalar” nomli o‘quv qo‘llanma, 2025-yil.
  • Bobojonova Z.Sh. “Iqtisodiy o‘sish” nomli o‘quv qo‘llanma, 2025-yil.
  • Zuxurova N.A. “Korxona iqtisodiyoti” nomli o‘quv qo‘llanma, 2025-yil.
  • Xasanova N.A. “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” nomli o‘quv qo‘llanma, 2025-yil.
  • Ibodullayev S.S., Saidov F.F. “Moliyaviy savodxonlik” nomli o‘quv qo‘llanma, 2025-yil.
  • Iminova N.A. Industriya 4.0 nomli o‘quv qo‘llanma 2023-yil.
  • To‘raev, R. Bozorov Soliqlar va soliqqa tortish nomli o‘quv qo‘llanma
    2023-yil.
  • Maxkamov, Sh.To’raev. Statistika nomli o‘quv qo‘llanma 2023-yil.
  • Xudaynazarova D.X “Прикладная эконометрика” nomli o‘quv qo‘llanma
    2023-yil.
  • Akramova A.Mirzaraximova “Современная экономика” nomli o‘quv qo‘llanma 2022-yil.
  • Akramova G.A. “Экономика” nomli o‘quv qo‘llanma 2022-yil.
  • Rahmatullayev Adhamxon Habibullo o‘g‘li “O‘zbekistondagi neft-gaz sanoati korxonalarining faoliyatini takomillashtirish yo‘llari (O‘zbekneftgaz AJ misolida)” nomli monografiya, 2025-yil.
  • Zuxurova Nargiza Abdusatatarovna “Neft va gaz korxonalarini samarali rivojlantirish mexanizmlari orqali samaradorlikni oshirish” nomli monografiya, 2025-yil.
  • Sh. To‘raev, J.N. Abdurapov “Iqtisodiyotda soliq yukining shakllanish xususiyatlari va optimallashtirish istiqbollari” nomli monografiya, 2025-yil.
  • Sh. To‘raev, N.A. Iminova, S.S. Ibodullayev “Aloqa korxonalarida xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish yo‘nalishlari (O‘zbektelekom AK misolida)” nomli monografiya, 2025-yil.
  • To‘rayev Shavkat Shuxratovich, Toshev Fazliddin Zayniddinovich “Neft-gaz sanoati korxonalarida soliq yukini optimallashtirish yo‘llari” nomli monografiya, 2025-yil.

 

KAFEDRA O‘QITUVCHILARIDA MAVJUD XALQARO TIL SERTIFIKATLARI:

 

1.

Kudaynazarova Dilnaz Koshkarbaevna

B2

2.

Bobojonova Zarnigor Shokirovna

B2

3.

Murodova Zilola Asatulla qizi

C1

4.

Janaydarova Kamola Abayevna

B2

5.

Nuraliyeva Feruza Yangiboyevna

B2

6.

Shaxriddinova Sitora Tolibjon qizi 

B2

7.

Nuraliev Nurbek Rustam o‘g‘li

C1

 

KAFEDRADA AMALGA OSHIRILGAN ILMIY-INNOVATSION LOYIHALAR

  • “TATUda AQSh universitetlari magistrlik dasturi texnologiyalarini qo‘llashni transfer qilish” Loyiha rahbari: t.f.n. K.A.Tashev. Loyiha qiymati: 140 000 AQSh $

 

·
Loyixa doirasida AQShdagi nufuzli   Kaliforniya davlat universitetiga tashrif


Loyixa doirasida AQShdagi nufuzli Florida xalqaro universitetiga tashrif

Kafedra faxriylari bilan uchrashuv

 

Xorijlik talabalar uchun tashkil etilgan yozgi maktabdan lavxalar

 

So‘nggi yangilanish: 21.02.2026 17:04