
Zarafshon fakulteti dekani:
Safarov Ulug‘bek Tursunovich
Zarafshon fakulteti 2024-yil 12-dekabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-430-son “Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori asosida tashkil etilgan.
2025/2026 o‘quv yili bo‘yicha fakultetda masofaviy ta’lim shaklida qabul jarayonlari ikki ta’lim - 60610300-Kompyuter injiniringi, 60610400-Dasturiy injiniring yo‘nalishlarida tahsil olmoqda va ilmiy-ijodiy ishlarini olib bormoqda.
Fakultet haqida: Zarafshon fakulteti IT texnologiyalarga qiziquvchi yoshlarni zamonaviy texnologiyalar sohasida mutaxassislarni tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Bu borada esa Navoiy viloyatining zarafshon shahridagi strategik ahamiyatga ega gigant sanoat korxonalari uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash rejalashtirilgan. Muhim jihatlardan biri fakultetda tahsil olayotgan talabalar mazkur korxonalarda amaliyotni o‘tash amaliyoti joriy etilgan. Fakultetning asosiy vazifalaridan biri talabalarga kompyuter injiniringi va dasturiy injiniring sohasida yetakchi bo‘lish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni taqdim etishdir.
Talabalar uchun ta’lim dasturlaridan tashqari amaliy mashg‘ulotlar uchun zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlangan auditoriyalar va zamonaviy IT kutubxonalari faoliyat yuritmoqda.
TATUning masofaviy ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida talaba istiqomat qiluvchi hududlarda faoliyat yurituvchi oliy ta’lim tashkilotlari, axborot-resurs markazlari, o‘quv markazlari bilan o‘zaro kelishgan holda ularning axborot-kommunikatsiya infratuzilmasidan talabalar foydalanishi uchun sharoit yaratib berilishi yuzasidan Zarafshon fakultetida ham bunday imkoniyatlardan talaba yoshlar foydalanishlari mumkin.