Asadjon Xodjayev 1970-yil 3-sentabrda Qozoğiston Respublikasi Çimkent viloyatida tuğilgan.
Ma’lumoti oliy. 1993-yilda Toşkent elektrotexnika aloqa institutini, 2001 yilda – Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat qurilişi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi – elektraloqa muhandisi, iqtisod magistri.
1995–2001-yillarda Özbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi, Özbekiston poçta va telekommunikasiyalar agentligi markaziy apparatida, 2001-2003 yillarda “Özbekiston poçtasi” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi boş direktorining birinçi örinbosari, “Özinfokom” Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantiriş hamda joriy etiş markazi direktorining birinçi örinbosari lavozimlarida faoliyat körsatgan.
2003–2004-yillarda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengaşi apparatining yetakçi konsultanti, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligini rivojlantiriş loyihasi rahbari örinbosari lavozimlarida işlagan.
2004–2011-yillarda Özbekiston aloqa va axborotlaştiriş agentligi Boş direktorining örinbosari, 2011-2012 yillarda Özbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Boş direktori, 2012-2017 yillarda Alisher Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasi direktori, 2017 yilda Özbekiston Respublikasi Boş vaziri apparati mudiri, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatçisi örinbosari – Özbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati rahbari kabi lavozimlarda faoliyat körsatgan.
2017-yilning dekabridan Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma’rifiy memorial majmuasi rahbarining birinçi örinbosari bölib işlagan.
2018-yil avgustidan — Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivоjlantirish vazirligi huzuridagi Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlaşga kömaklaşiş markazi direktori, Axborotlaştiriş va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat böyiça davlat inspeksiyasining boşliği lavozimlarida işlagan.
2020-yil 29-iyuldan buyon Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori.
Oilali, 4 nafar farzandi bor.
Sönggi yangilaniş: 06.11.2026 17:27