Telestudiya tizimlari va ilovalari

Kafedra mudiri:

Bazarbaev Batir Joldasovich

Qabul vaqti: Dushanba – Shanba (15:00-18:00 gacha)
Telefon: (0 371) 238-65-47

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 1.04.2009 yildagi PQ-1088 "O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimida yuqori texnologiyali teleradiouskunalardan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti qoshida "Televizion texnologiyalar fakulteti tashkil etilib, uning tarkibida beshta mutaxassislik yo‘nalishlari qatori "Kinoteleoperatorlik”, "Maxsus yoritish” bo‘limlari tashkil etilib televideniye va kino sohasi uchun yetuk mutaxassislar tayyorlash ishlari boshlab yuborildi.

Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Ilmiy Kengashining 2011 yil 30 iyundagi 11(606) son majlis bayoni qarori va (2011 yil 11-iyul 685-01-son) rektor buyrug‘i asosida 2011 yil 1 avgustdan boshlab "Televizion texnologiyalar” fakulteti tarkibida "Televidenie, radio eshittirish studiyalari va jixozlari” kafedrasi tashkil etildi. 2012 yil "Telestudiya tizimlari va ilovalari” kafedrasi nomi o‘zgartirildi.

Hozir kafedra O‘zbekiston kino va televidenie sohasining yirik namoyondalari mujassam bo‘lgan yetuk ilm va san’at dargoxlaridan biri sanaladi.

“Telestudiya tizimlari va ilovalari” kafedrasi O‘zbekiston Milliy Telereadiokompaniyasi bilan hamkorlikda, 5350200 – «Televizion texnologiyalar» (“Telestudiya tizimlari va ilovalari”) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi. Ta’lim yo‘nalishini bitirib chiqqan talabalar kelajakda Televidenie va kino sohalarida kinooperator, teleoperator, video montajchi, fotograf sifatida faoliyat ko‘rsatishlari mumkin.

Ta’lim yo‘nalishini har yili 60-70 nafarga yaqin bakalavr talabalar bitirb chiqadilar. Ularning aksariyati bugungi kunda O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining teleradiokanallarida, tarmoq korxonalarida, viloyatlarda joylashgan hududiy teleradiokanallarda va yurtimizning turli viloyat va shaharlarida kino, video va media san’at turlari bilan bog‘liq hususiy firmalar va telekanallarda turli lavozimlarda hizmat qilib, samarali ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanib kelishmoqda.

Kafedrada bakalavriat ta’lim yo‘nalishi:

  • 5350200 - «Televizion Texnologiyalar» («Telestudiya tizimlari va ilovalari»)

Kafedrada o’qitiladigan fanlar

  • 5350200 - Televizion texnologiyalar (“Telestudiya tizimlari va ilovalari”) KREDIT tizimiga asoslangan o‘quv reja bo‘yicha:

Asosiy fanlar:

  • Yoritish texnologiyalari
  • Raqamli media va TV texnologiyalari
  • Audio va video montaj
  • Mutaxassislikka kirish
  • Fotografiya
  • Raqamli kamera seminari
  • Kreativ yoritish
  • Massmedia va TV jurnalistikasi
  • Kreativ kamera seminari
  • Raqamli TV va video mahsulot yaratish

Tanlov fanlar:

  • Tasviriy san’at va televidenie
  • Jaxon va o‘zbek kinosi va televideniyasi tarixi
  • Dokumentalistika
  • Rang psixologiyasi
  • Kreativlik va tasavvur
  • Zamonaviy filmlar seminari
  • 5350200 - Televizion texnologiyalar ("Telestudiya tizimlari va ilovalari") REYTING tizimiga asoslangan o‘quv reja bo‘yicha:

Asosiy fanlar:

  • Raqamli fotografiya
  • Kino va TVda dramaturgiya va rejissura asoslari
  • Fotometriya va rangshunoslik
  • Fan, texnologiyalar va san’at
  • Tasviriy san’at va sur’at
  • Film ishlab chiqarish menejmenti asoslari
  • Raqamli kino-tele maxsulotlar yaratishni rejalashtirish va menejment

Tanlov fanlar:

  • Raqamli kinematografiya va taxrirlash
  • Telejurnalistika asoslari
  • Maxsus effektlar va montaj
  • Kino va TVda axborot texnologiyalari
  • Maxsus yoritish texnologiyalari va filtrlar
  • Kino-telekompozitsiya qurish texnologiyalari
  • Ko‘p kamerada tasvirga olish texnologiyalari
  • Videostudiyada ishlash va interfaol ifodalash
  • Tasviriy san’at tarixi va dizayn
  • Telejurnalistika asoslari
  • Badiiy va animatsion filmlarni yaratishda axborot texnologiyalari.
  • Montaj. Videomateriallar uchun maxsus effektlar.
  • Kino va televideniyeda yorug‘lik va rangni kompyuterda boshqarish.
  • TV dasturlari, sport musobaqalari va ommaviy tadbirlarni tayyorlash va uzatishda zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish.
  • Raqamli mahsulot yaratishni rejalashtirish

Kafedra professor o’qituvchilari

  • Bazarbaev B.J. - kafedra mudiri, katta o‘qituvchi
  • Parmankulov I.P. - fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent
  • Xusanov Sh.T. - katta o‘qituvchi
  • Xasanova E.I. - katta o‘qituvchi
  • Soliev M.M. - katta o‘qituvchi
  • Abduraximov A.D. - katta o‘qituvchi
  • Tashmuxamedova G.X. - katta o‘qituvchi
  • Mamadaliev A.I. - katta o‘qituvchi
  • Umarova D.B. - assistent
  • Sattarova Sh.K. - assistent
  • Chorshanbiyev A.B. - assistent

Kafedrada ta’lim yo‘nalishini bitiradigan talabalar Bitiruv ishi sifatida qisqa metrajli badiiy film, hujjatli film, ilmiy-ommabop film, film-portret, reklama roliklari, musiqiy kliplarni topshirishlari mumkin. Bitiruv ishlar soha korxonalaridan taklif etilgan mutahassislar va kafedra professor-o‘qituvchilaridan tarkib topgan Davlat Attestatsiya Komissiyasi tomonidan baholanadi.

“Telestudiya tizimlari va ilovalari” kafedrasida 2 ta ma’ruza mashg‘ulotlari o‘tish uchun 302V hamda 304V auditoriyalari mavjud bo‘lib, ular zamonaviy multimedia qurilmalari bilan, televizor, DVD-pleyerlar, proektorlar va maxsus kщrgazmali stendlar bilan jixozlangan. Ushbu auditoriyalarda kafedrada o‘qitiladigan mutahassislik fanlari bo‘yicha ma’ruza mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

“Telestudiya tizimlari va ilovalari” kafedrasida 2 ta o‘quv laboratoriyalari bo‘lib, bular «Fotolaboratoriya» (305V) hamda «O‘quv telestudiyasi» (300V) o‘quv laboratoriyalaridir. Laboratoriyalarda kafedrada o‘qitiladigan mutahassislik fanlari bo‘yicha amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. «O‘quv telestudiyasi» o‘quv laboratoriyasi eng zamonaviy uskuna va jixozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, bu uskunalardan bevosita amaliy tasvirga olishda talabalar foydalanishlari mumkin.

«Fotolaboratoriya» (305B)

Ma’ruza auditoriyasi (302В)

Laboratoriya mashg‘uloti jarayoni

“Telestudiya tizimlari va ilovalari” kafedrasining texnik uskuna va jixozlari quyidagilardan iborat:

Sony VG-30 Videokamerasi
Canon EOS 6D fotoapparati
BOYA petlyali mikrofoni va Go-PRO HERO-4 Black Edition kamerasi.

MICROLAB naushniklari va 2D kallakli operatorlik krani (9 m).

Vakuumli kamera qotirgich va Professional shtativlar.

Glidekam kamera muvozanatlash tizimi va fotovspыshka.

TRANSCEND 64Gbt SD-kartasi va fotoapparatlar uchun maxsus g‘ilof.

Kafedra bitiruvchilarining yutuqlari

Bugungi kunda O‘zbekiston MTRK telekanallarida bosh operator va operator sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan Salohiddin Najmiddinov, Hojakbar Ismoilov, Elyor Abdukamilov, Shahzod Shohafizov, Anvar Ilmurzin, Nusratjon Muzaffarov, Ozodjon Roziqov, Islomov Ibrohim, Botir Yuldashev, Andijon viloyat TRKda Xusanboy Jakbarov, Eldor Xusanov, Surxondaryo viloyat TRKda Nusrat Amondullaev, Qashqadaryo viloyat TRKda “UzReport” hususiy telekanalida Gavharhon Djurabaeva, O‘zbekiston Diniy Qo‘mitasi qoshidagi “Muslim.uz” studiyasida operator va montajchi sifatida faoliyat yuritayotgan Shavkat Abduhalilov, Universitetimizning “Telestudiya tizimlari va ilovalari” kafedrasida pedagogik faoliyatini yuritayotgan Alibek Chorshanbiev, Respublika televidenie va radio kasb-hunar kollejida pedagogik faoliyatini yuritayotgan Navruza Dehqonovalar kafedra ta’lim yo‘nalishlarini bitirgan iste’dodli yoshlar jumlasidandir. Hammasi bo‘lib qariyb 200 dan ortiq ana shunday yoshlar bugungi kunda vatanimiz kino va televideniesi ravnaqi uchun mehnat qilmoqdalar.

Bugungi kunda O‘zbekistondagi turli telekanallar va studiyalarda bosh operator va operator sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan bitiruvchilarimiz:

O‘zMTRK Oliy toifali operatori Salohiddin Najmiddinov.


Rasm. “Telestudiya tizimlari va ilovalari” kafedrasi bitiruvchisi X.Ismoilov “Sport kino va televidenieda” VII – Sport filmlari an’anaviy xalqaro kinofestivalining “Sportdagi ko‘p qirrali shaxs” nominatsiyasi g‘olibi deb topilgan. 2012 y.

Rasm. “Telestudiya tizimlari va ilovalari” kafedrasi bitiruvchisi T.Gimranov “Sport kino va televidenieda” IX Sport filmlari an’anaviy xalqaro kinofestivalining “Debyut” nominatsiyasi g‘olibi deb topilgan. 2014 y.

Rasm. “Telestudiya tizimlari va ilovalari” kafedrasi bitiruvchisi K.Alimov “Sport kino va televidenieda” X Sport filmlari an’anaviy xalqaro kinofestivalining “Debyut” nominatsiyasi g‘olibi deb topilgan. 2015 y.

Kafedraning ilmiy va amaliy hamkorlari

  • “O‘ZBEKKINO” Milliy agentligi
  • “O‘zbekfilm” kinostudiyasi
  • “O‘zbekiston ilmiy-ommabop va xujjatli filmlar studiyasi”
  • O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi
  • “O‘zbektelefilm” Davlat Unitar Korxonasi