Telestudiya tizimlari va ilovalari

  • Asosiy
  • Telestudiya tizimlari va ilovalari

Kafedra mudiri:

Bazarbaev Batir Joldasovich

Qabul vaqti: Dushanba – Shanba (15:00-18:00 gacha)
Telefon: (0 371) 238-65-47

O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 1.04.2009 yildagi PQ-1088 "O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimida yuqori texnologiyali teleradiouskunalardan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti qoshida "Televizion texnologiyalar fakulteti tashkil etilib, uning tarkibida beshta mutaxassislik yo‘nalishlari qatori "Kinoteleoperatorlik”, "Maxsus yoritish” bo‘limlari tashkil etilib televideniye va kino sohasi uchun yetuk mutaxassislar tayyorlash ishlari boshlab yuborildi.

Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Ilmiy Kengashining 2011 yil 30 iyundagi 11(606) son majlis bayoni qarori va (2011 yil 11-iyul 685-01-son) rektor buyrug‘i asosida 2011 yil 1 avgustdan boshlab "Televizion texnologiyalar” fakulteti tarkibida "Televidenie, radio eshittirish studiyalari va jixozlari” kafedrasi tashkil etildi. 2012 yil "Telestudiya tizimlari va ilovalari” kafedrasi nomi o‘zgartirildi.

Hozir kafedra O‘zbekiston kino va televidenie sohasining yirik namoyondalari mujassam bo‘lgan yetuk ilm va san’at dargoxlaridan biri sanaladi.

“Telestudiya tizimlari va ilovalari” kafedrasi O‘zbekiston Milliy Telereadiokompaniyasi bilan hamkorlikda, 5350200 – «Televizion texnologiyalar» (“Telestudiya tizimlari va ilovalari”) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi. Ta’lim yo‘nalishini bitirib chiqqan talabalar kelajakda Televidenie va kino sohalarida kinooperator, teleoperator, video montajchi, fotograf sifatida faoliyat ko‘rsatishlari mumkin.

Ta’lim yo‘nalishini har yili 60-70 nafarga yaqin bakalavr talabalar bitirb chiqadilar. Ularning aksariyati bugungi kunda O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining teleradiokanallarida, tarmoq korxonalarida, viloyatlarda joylashgan hududiy teleradiokanallarda va yurtimizning turli viloyat va shaharlarida kino, video va media san’at turlari bilan bog‘liq hususiy firmalar va telekanallarda turli lavozimlarda hizmat qilib, samarali ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanib kelishmoqda.

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

  • 5350200 - Televizion texnologiyalar ("Telestudiya tizimlari va ilovalari") REYTING tizimiga asoslangan o‘quv reja bo‘yicha:

Asosiy fanlar:

  • Raqamli media va TV texnologiyalari
  • Fotometriya va rangshunoslik
  • Tasviriy san’at va sur’at
  • Fotografiya
  • Yoritish texnologiyalari
  • Kreativ kamera seminari
  • Raqamli kamera seminari
  • Kreativ yoritish
  • Mass media va TV jurnalistika 

Tanlov fanlar:

  • Raqamli kinematografiya va taxrirlash
  • Televizion ishlab chiqarish
  • Maxsus effektlar va montaj
  • Kino va TVda axborot texnologiyalari
  • Maxsus yoritish texnologiyalari va filtrlar
  • Kino-telekompozitsiya qurish texnologiyalari
  • Ko‘p kamerada tasvirga olish texnologiyalari
  • Kino va televideniyeda yorug‘lik va rangni kompyuterda boshqarish.
  • TV dasturlari, sport musobaqalari va ommaviy tadbirlarni tayyorlash va uzatishda zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish.
  • Raqamli mahsulot yaratishni rejalashtirish
  • Kinoteledramaturgiya va rejissura asoslari

Kafedra professor o‘qituvchilari

  • Bazarbaev B.J. - kafedra mudiri, dotsent
  • Yusupova N.Y - dotsent
  • Umarova D.B - v.b.dotsent
  • Taylakova SH.N - dotsent
  • Soliev M.M. - katta o‘qituvchi
  • Tashmuxamedova G.X. - katta o‘qituvchi
  • Mamadaliev A.I. - katta o‘qituvchi
  • Ismoilov K.S - katta o‘qituvchi
  • Sattarova Sh.K. - katta o‘qituvchi
  • Saidov F.F -  katta o‘qituvchi
  • Usmonov A.I - assisent
  • Joldasov SH.B - asissent
  • Aliyev J.Q - asissent

Kafedrada ta’lim yo‘nalishini bitiradigan talabalar Bitiruv ishi sifatida qisqa metrajli badiiy film, hujjatli film, ilmiy-ommabop film, film-portret, reklama roliklari, musiqiy kliplarni topshirishlari mumkin. Bitiruv ishlar soha korxonalaridan taklif etilgan mutahassislar va kafedra professor-o‘qituvchilaridan tarkib topgan Davlat Attestatsiya Komissiyasi tomonidan baholanadi.

“Telestudiya tizimlari va ilovalari” kafedrasida 2 ta o‘quv laboratoriyalari bo‘lib, bular (304B) «Fotolaboratoriya» (305B) «Maxsus yoritish» labaratoriya xonasi hamda (300B) o‘quv laboratoriyalaridir. Laboratoriyalarda kafedrada o‘qitiladigan mutahassislik fanlari bo‘yicha amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. «O‘quv telestudiyasi» o‘quv laboratoriyasi eng zamonaviy uskuna va jixozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, bu uskunalardan bevosita amaliy tasvirga olishda talabalar foydalanishlari mumkin.

«Fotolaboratoriya» (305B)

Ma’ruza auditoriyasi (302В)

Laboratoriya mashg‘uloti jarayoni

“Telestudiya tizimlari va ilovalari” kafedrasining texnik uskuna va jixozlari quyidagilardan iborat:

Sony VG-30 Videokamerasi
Canon EOS 6D fotoapparati
BOYA petlyali mikrofoni va Go-PRO HERO-4 Black Edition kamerasi.

MICROLAB naushniklari va 2D kallakli operatorlik krani (9 m).

Vakuumli kamera qotirgich va Professional shtativlar.

Glidekam kamera muvozanatlash tizimi va fotovspыshka.

TRANSCEND 64Gbt SD-kartasi va fotoapparatlar uchun maxsus g‘ilof.

Kafedra bitiruvchilarining yutuqlari

Bugungi kunda O‘zbekiston MTRK telekanallarida bosh operator va operator sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan Salohiddin Najmiddinov, Hojakbar Ismoilov, Elyor Abdukamilov, Shahzod Shohafizov, Anvar Ilmurzin, Nusratjon Muzaffarov, Ozodjon Roziqov, Islomov Ibrohim, Botir Yuldashev, Andijon viloyat TRKda Xusanboy Jakbarov, Eldor Xusanov, Surxondaryo viloyat TRKda Nusrat Amondullaev, Qashqadaryo viloyat TRKda “UzReport” hususiy telekanalida Gavharhon Djurabaeva, O‘zbekiston Diniy Qo‘mitasi qoshidagi “Muslim.uz” studiyasida operator va montajchi sifatida faoliyat yuritayotgan Shavkat Abduhalilov, Universitetimizning “Telestudiya tizimlari va ilovalari” kafedrasida pedagogik faoliyatini yuritayotgan Alibek Chorshanbiev, Respublika televidenie va radio kasb-hunar kollejida pedagogik faoliyatini yuritayotgan Navruza Dehqonovalar kafedra ta’lim yo‘nalishlarini bitirgan iste’dodli yoshlar jumlasidandir. Hammasi bo‘lib qariyb 200 dan ortiq ana shunday yoshlar bugungi kunda vatanimiz kino va televideniesi ravnaqi uchun mehnat qilmoqdalar.

Bugungi kunda O‘zbekistondagi turli telekanallar va studiyalarda bosh operator va operator sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan bitiruvchilarimiz:

O‘zMTRK Oliy toifali operatori Salohiddin Najmiddinov.

Rasm. “Telestudiya tizimlari va ilovalari” kafedrasi bitiruvchisi X.Ismoilov “Sport kino va televidenieda” VII – Sport filmlari an’anaviy xalqaro kinofestivalining “Sportdagi ko‘p qirrali shaxs” nominatsiyasi g‘olibi deb topilgan. 2012 y.

 

Rasm. “Telestudiya tizimlari va ilovalari” kafedrasi bitiruvchisi T.Gimranov “Sport kino va televidenieda” IX Sport filmlari an’anaviy xalqaro kinofestivalining “Debyut” nominatsiyasi g‘olibi deb topilgan. 2014 y.

Rasm. “Telestudiya tizimlari va ilovalari” kafedrasi bitiruvchisi K.Alimov “Sport kino va televidenieda” X Sport filmlari an’anaviy xalqaro kinofestivalining “Debyut” nominatsiyasi g‘olibi deb topilgan. 2015 y.

Kafedraning ilmiy va amaliy hamkorlari

  • “O‘ZBEKKINO” Milliy agentligi
  • “O‘zbekfilm” kinostudiyasi
  • “O‘zbekiston ilmiy-ommabop va xujjatli filmlar studiyasi”
  • O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi
  • “O‘zbektelefilm” Davlat Unitar Korxonasi

Telestudiya tizimlari va ilovalari kafedrasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 1 apreldagi PQ-1088 son qarori 2009 yilda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 1.04.2009 yildagi PQ-1088 “O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimida yuqori texnologiyali teleradiouskunalardan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti qoshida “Televizion texnologiyalar fakulteti tashkil etilib, uning tarkibida beshta ta’lim yo‘nalishlari qatori “Kinoteleoperatorlik”, “Maxsus yoritish texnologiyalari” ta’lim yщnalishlari tashkil etilib televidenie va kino soxasi uchun yetuk mutaxassislar tayyorlash ishlari boshlab yuborildi.

2011 yilda Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Ilmiy Kengashining 2011 yil 30 iyundagi 11(606) son majlis bayoni qarori va (2011 yil 11-iyul 685-01-son) rektor buyrug‘i asosida 2011 yil 30 iyundan boshlab “Televizion texnologiyalar” fakulteti tarkibida “Televidenie, radio eshittirish studiyalari va jixozlari” kafedrasi tashkil etildi. 2013 yil “Telestudiya tizimlari va ilovalari” kafedrasi nomi o‘zgartirildi. 

Telestudiya tizimlari va ilovalari” kafedrasida jami 13 nafar professor-o‘qituvchi asosiy shtatda 9 nafar, ichki o‘rindoshlikda 3 nafar va 1 nafar tashqi o‘rindoshlik asosida faoliyat ko‘rsatadi. Ilmiy salohiyat 40 % ni tashkil etadi. Bazarbaev B.J., Yusupova N.Y., Umarova D.B., Saliev M.M., Mamadaliev A.I., Tashmuxamedova G.X., Sattarova Sh.K., Ismailov K.S., Usmonov A.I., Joldasov Sh.B., Aliyev J.Q., Saidov F.F., Taylakova Sh.N.). Oxirgi 3 yillikda kaferda professor-o‘qituvchilar malaka oshirish kurslarida o‘qib, tegishli sertifikatga ega bo‘lganlar (Bazarbaev B.J., Umarova D.B., Tashmuxamedova G.X., Sattarova Sh.K., Saidov F.F., Taylakova Sh.N.), 2 nafari (Saliev M.M., Mamadaliev A.I.) malaka oshirishni 2022 yil aprel-may oylariga rejalashtirilgan. Usmonov A.I. va Joldasov Sh.B. magistraturani bitirganiga 3 yil to‘lmaganligi sababli malaka oshirishni 2022-2023 o‘quv yilida, 2023-2024 o‘quv yilida rejalashtirilga. Kafedrada barcha professor o‘qituvchilar telestudiya tizimlari va ilovalari mutaxassislari bo‘lganligi uchun kafedra yo‘nalishiga mos keladi. Kafedra 13 nafar professor-o‘qituvchilar (Saliev M.M., Mamadaliev A.I., Tashmuxamedova G.X., Sattarova Sh.K., Ismailov K.S., Usmonov A.I., Joldasov Sh.B., Saidov F.F.) asosan ilmiy darajasiz, ular o‘zining ilmiy-metodik tajribasidan foydalangan holda kafedra mutaxassisligiga mos keladigan mavzularda ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishlari hamda natijalari bo‘yicha dissertatsiya ishlari himoya qilishlari yohud darslik va o‘quv qo‘llanmalari nashr etishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Kafedrani mutaxassislar bilan ta’minlashni yaxshilash yuzasidan belgilangan choralarga binoan quyidagi ishlar amalga oshirildi:

O‘qitayotgan fani bo‘yicha vazirlik grifi bilan darslik yoki o‘quv qo‘llanma nashr etish. Telestudiya tizimlari va ilovalari kafedrasining professor o‘qituvchilari tomonidan har yili uslubiy qo‘llanmalar va darsliklar chop ettirib boriladi. Jumladan 2021-2022 o‘quv yilida B.J. Bazarbaev tomonidan 1 ta darslik chop etildi.

Dissertatsiya himoyasiga erishish. Telestudiya tizimlari va ilovalari kafedrasining 3 nafar o‘qituvchilari Yusupova N.Y., Umarova D.B., Taylakova Sh.N.lar dissertatsiya (PhD) himoya qilishgan, undan tashqari Tashmuxamedova G.X., Sattarova Sh.K., Ismailov K.S., Usmonov A.I., Joldasov Sh.B., Saidov F.F. himoya qilish uchun kafedra va kafedralar aro ilmiy seminarlarni o‘tkazmoqda. Kafedra saloxiyatini yanada oshirish maqsadida kafedraning 7 nafar professor-o‘qituvchilari ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. Ularning dissertatsiya himoyalari 2022-2024 yillar mobaynidan yakunlanadi. Buning natijasida kafedra salohiyati 75 % ga erishiladi.

Telestudiya tizimlari va ilovalari kafedrasida o‘tiladigan fanlar ro‘yxati:

Raqamli media va TV texnologiyalari, Fotometriya va rangshunoslik, Fotografiya, Yoritish texnologiyalari, Kreativ kamera seminari, Raqamli kamera seminari, Kreativ yoritish, Mass media va TV jurnalistika, Mutaxassislik tanlov fanlar: Ko‘p kamerada tasvirga olish texnologiyalari, Kinotelekompozitsiya qurish texnologiyalari, Montaj, Raqamli kenimatografiya va tahrirlash, Kinoteledramaturgiya va rejissura asoslari, Televizion ishlab chiqarish.

TTI kafedrasi universitet tomonidan tashkillashtirilgan barcha tadbirlarni OAV da yoritish masalalari bilan shug‘ullanib, MTRK kanallari, UzReport va MY5 telekanallari bilan muntazam ravishda xamkorlik olib bordilar. Shuningdek kafedraning bir qator professor o‘qituvchilari gazeta va jurnallar hamda internet saxifalarida yangiliklar bilan tanishtirib bordilar. Tadbirlarni fotosuratga va videoga olish ishlarida ham kafedraning a’zolari va talabalarning bir qanchasi faol ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 7 apreldagi “Kinematografiya sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish hamda soha vakillarining ijodiy faoliyati uchun munosib sharoit yaratish to‘g‘risida”gi PQ-5060-son Qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti bilan hamkorlik kelishuviga asosan Toshkent shahrida shu institutning filialini ochilishi bilan bog‘liq tashkiliy masalalar ijrosini ta’minlash maqsadida TTI kafedrasi mudiri B.J.Bazarbaev 2021 yil 4-10 iyul kunlari Moskva shahriga xizmat safariga borib keldilar  

Sentabrda O‘zbekiston madaniyat merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati a’zolari «O‘zbekiston madaniy merosi - Yangi Renessans poydvori» V kongressi haftaligida TTI kafedrasi mudiri B.J.Bazarbaev, katta o‘qituvchilar: M.M.Saliev, Sh.T.Xusanov, K.S.Ismailovlar ishtirok etdilar.

Oktabr oyida 1-oktabr «Ustoz va murabbiylar kuni»ga bag‘ishlangan va universitetda o‘tkazilgan bayram tadbirida murabbiylik kurslari talabalari bilan ishtirok etildi.

29 centyabrdan 3 oktabrgachan “Buyuk Ipak Yo‘li durdonasi” nomli Toshkent kinofestivalida TTI kafedrasi barcha PO‘lar va talabalar qatnashdilar.

“O‘zbekiston kinematografiyasi: o‘tmish, bugun, kelajak” tadbirida TTI kafedrasi mudiri B.J.Bazarbaev va katta o‘qituvchi M.M.Salievlar ishtirok etdilar.

“O‘zbekkino yoshlar markazi laboratoriyasi”da TTI kafedrasi barcha PO‘lar va talabalar qatnashdilar.

2021 yil 26 oktabr kuni TATU Media markazida “Matonat” filmi ko‘rigi va film rejissyori Shuhrat Mahmudov bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda TTI kafedrasi PO‘lar va mudiri B.J.Bazarbaev hamda Televizion texnologiyalar fakultetiti talabalari ishtirok etdilar.

“2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5953-son farrmoniga muvofiq 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tajriba tariqasida bosqichma-bosqich masofaviy o‘qitish shaklini joriy etishda Masofaviy ta’lim kontentlarini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida ishchi guruhida TTI kafedrasi mudiri B.J.Bazarbaev qatnashdilar.

Noyabrda TTI kafedrasining talabalari bilan kiyinish odobi va muomala madaniyati xususida suhbat uyushtirildi.

2021 yil 11 noyabr kuni TATU Media markazida Ssenariya muallifi va rejissyor Ali Xamraevning “Aromat dыni v Samarkande” filmi ko‘rigi bo‘lib o‘tdi. Unda TTI kafedrasi PO‘lar va mudiri B.J.Bazarbaev hamda Televizion texnologiyalari fakultetiti talabalari ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 26 noyabrdagi Milliy kinematografiya, kinokompaniya va kinoteatrlar tarmog‘ini yanada rivolantirishga ko‘maklashish bo‘yicha respublika komissiyasi yig‘ilishini 4-son bayoni (29.11.2021 yildagi 31-31/74-19-son)ning 2-bandiga muvofiq joriy yilning dekabr oyida “Milliy kinematografiya – Yangi O‘zbekiston timsoli” kino oyligida 23 dekabr “O‘zbekfilm” kinokonsernda “Milliy kinematografiya va VGIK: o‘tmish, bugun, kelajak” mavzusida davra suhbati o‘tkazilishida TTI kafedrasi mudiri B.J.Bazarbaev faol ishtirok etdilar. Hamda 27 dekabr 2021 yil Kinochilar Uyi (sobiq Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi)da “Milliy kreativ ta’limi: shakllantirish va rivojlanish bosqichlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazilishida TTI kafedrasi PO‘lar va mudiri B.J.Bazarbaev ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, TATU va Respublika televidenie va radio kolleji o‘rtasidagi shartnomaga muvofiq TTI kafedrasining bir guruh professor-o‘qituvchilari master-klass o‘tish maqsadida Respublika televidenie va radio  kollejiga tashrif buyurdir.

O‘zbekiston Kinematografiya Akademiyasi tashkil etishida ishchi guruhida TTI kafedrasi mudiri B.J.Bazarbaev va katta o‘qituvchi M.M.Salievlar qatnashdilar.

TATU va “O‘ZBEKKINO” Milliy Agentligi bilan hamkorlikda 2021 yil 20 dekabr kuni TATU Majlislar zalida TTI kafedrasi PO‘lari, TATU talablari hamda Said Ahmad va Saida Zunnunovaga bag‘ishlangan “Said va Saida” nomli kino ijodkoralari bilan uchrashuv va film namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Buyuk rejissyor, O‘zbekiston xalq artisti, davlat mukofoti sovrindori, professor Shuhrat Abbosov tavalludining 90 yoshiga bag‘ishlangan xotira kechasini tashkillashtirishda TTI kafedrasi mudiri B.J.Bazarbaev va katta o‘qituvchi M.M.Salievlar ma’sul bo‘ldilar.  

Kafedra assistenti Joldasov Sh.B.ning erishgan yutuqlaridan biri Prezident saylovida rolik uchun qimmat baho sovg‘a bilan taqdirlandi.

2022 yilning sentabr oyida bo‘lib o‘tgan “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalida TTI kafedra mudiri, professor-o‘qituvchilari va 100 nafar talaba yoshlar faol ishtirok etishdi va master-klasslar bo‘lib o‘tdi.