Telekommunikatsiya injiniringi

  • Asosiy
  • Telekommunikatsiya injiniringi

Kafedra mudiri:

PhD, dotsent v.b. Abdujapparova Mubarak Baltabayevna

Qabul vaqti: Seshanba, Payshanba 15:00 dan 16:00 gacha
Telefon: (+99871) 238-65-56

TATU rektorining 2013 yil 29 avgustdagi 905-sonli buyrug‘iga asosan sobiq "Telekommunikatsiya tarmoqlari va kommutatsiya tizimlari” va "Telekommunikatsiya uzatish tizimlari” kafedralari bazasida "Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi tashkil etildi. Yangi tashkil etilgan kafedraga t.f.n. dotsent A.M.Eshmuradov esa kafedra mudiri lavozimiga tayinlandi hamda 2019 sentabr oyigacha kafedrani boshqardi. 2019 yil sentabr oyidan kafedra mudiri lavozimida PhD., dotsent vazifasini bajaruvchi M.B.Abdujapparova faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Hozirgi vaqtda kafedrada jami 12 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Shulardan: 1 nafar fan nomzodi, professor; 4 nafar fan nomzodlari (va PhD), dotsentlar; 3 nafar katta o‘qituvchi, 3 nafar assistentlar hamda 1 nafar stajyor-o‘qituvchilardir.

"Telekommunikatsiya tarmoqlari va kommutatsiya tizimlari” kafedrasi tarixi

“Telekommunikatsiya tarmoqlari va kommutatsiya tizimlari” kafedrasi universitetimizning "qaldirg‘och” mutaxassislik kafedrasi bo‘lib, u 1957 yilda tashkil qilingan va avval “Telefon aloqasi” kafedrasi deb, so‘ngra 1964-1998 yillar davomida"Avtomatik elektr aloqasi” kafedrasi, 1998-2013 yillar davomida “Telekommunikatsiya tarmoqlari va kommutatsiya tizimlari” nomi bilan faoliyat olib bordi. Unga birinchi kafedra mudiri qilib V.Y.Korotkevich tayinlangan edi. Dastlabki yillarda kafedrada “Telefon aloqasi”, “Telegraf aloqasi” va “Aloqa korxonalarining elektr ta’minoti” fanlaridan mashg‘ulotlar olib borilgan.

Bu yillar davomida kafedraga turdosh elektrotexnika aloqa institutlari kafedralari katta ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatishgan. Bu ishda ayniqsa Leningrad elektrotexnika aloqa institutining “Telefoniya” kafedrasi dotsenti, davlat mukofoti laureati N.V.Zapletinning xizmatini alohida e’tirof etish kerak. U birinchi talabalikka qabul qilingan yoshlarga “Telefoniya” fani bo‘yicha ma’ruza va amaliyot mashg‘ulotlarini o‘tkazgan, shuningdek, o‘quv laboratoriyalarini tashkil etish va jihozlashda faol ishtirok etgan.

Kafedraga shuningdek, Moskva, Leningrad va Odessa shaharlaridagi turdosh institutlarning professor-o‘qituvchilari – M.M.Jdanov, R.A.Avakov, O.N.Ivanova, Z.S.Kaxanova, V.N.Roginskiy, B.S.Livshis kabi professorlar o‘quv-metodik ishlar va ilmiy ishlarni shakllantirish, yo‘lga qo‘yishda katta yordam berishgan.

1958-1959 o‘quv yilida kafedraga LEAI bitiruvchisi, texnika fanlari nomzodi, dotsent N.V.Reshetnikov kafedra mudiri etib tayinlandi. U bilan birga shu yillarda O‘zbekiston aloqa vazirligi xodimi V.K.Obidin, MEAI bitiruvchilari V.M.Son va L.V.Suslovlar ham shu kafedrada mehnat faoliyatlarini boshladilar.

“Telekommunikatsiya tarmoqlari va kommutatsiya tizimlari” kafedrasida turli yillar davomida katta o‘qituvchi V.V.Semchenko, dotsentlar M.Sh.Zohidov, E.X.Allaev, professor V.M.Son va dotsent N.X.Gulto‘raevlar kafedra mudiri bo‘lib faoliyot yuritishgan.

Kafedra yosh o‘qituvchilari muntazam ravishda Sobiq Ittifoq aloqa institutlariga aspiranturada maqsadli o‘qishga yuborildilar. Ulardan birinchisi kafedrada diplom loyihasini himoya qilgan, Toshkent elektrotexnika aloqa institutini ikkinchi yili bitirgan mutaxassislardan biri M.Sh.Zohidov edi. U 1965 yilda Leningrad elektrotexnika aloqa institutining “Telefon aloqasi” kafedrasida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib qaytdi va keyinchalik institutda "Avtomatik elektr aloqa” (AEA) fakul’teti dekani, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, so‘ngra Respublika aloqa vaziri o‘rinbosari lavozimlarida faol mehnat qildi. O‘tgan asrning 70-80 yillarida MDH mamlakatlaridan kafedraga nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilib qaytgan bir qator iqtidorli yosh mutaxassislar kelib qo‘shildilar. Bular qatorida dotsentlar E.X.Allaev, V.I.Suvorov, V.N.Sarev, N.S.Xodjaev, A.M.Eshmuradov, S.S.Parsiev, R.A.Sharipov, A.A.Adiyarov, R.P.Abduraxmonovlar bor edilar. 90-yillarda G.S.Kotlobulatova, A.A.Kurmishevalar nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldilar.

Professor V.M.Sonning “Parallel komutatsiya paketi” ishi 2003 yil AQShda ixtiro sifatida tan olindi va unga mualliflik guvohnomasi berildi. 2003-2004 yillarda kafedra o‘qituvchilari tomonidan AQSh da ingliz tilida 4 ta ilmiy maqola chop etildi.

Kafedra dotsenti S.A. Sadchikova 2012 yili (professor V.M.Son rahbarligida) «Модели и методы расчета широкополосных ассоциативных сетей коммутации» mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqaiyatli himoya qildi.

"Telekommunikatsiya uzatish tizimlari” kafedrasi tarixi

“Telekommunikatsiya uzatish tizimlari” kafedrasi universitetning "qaldirg‘och” mutaxassislik kafedralaridan biri bo‘lib, u 1958 yilda tashkil etilgan va dastlab “Uzoq aloqa” kafedrasi deb yuritilgan. Kafedra 1964-1965 o‘quv yilidan boshlab “Ko‘p kanalli elektr aloqa”, 1998-1999 o‘quv yilidan boshlab esa “Telekommunikatsiya uzatish tizimlari” deb nomlandi.

Markaziy aloqa ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi M.U.Polyak birinchi bosqich ko‘p kanalli elektr aloqa texnikasini yaratishda qatnashgan va Leningrad elektrotexnika aloqa instituti (LEAI) o‘qituvchisi texnika fanlari nomzodi, dotsent N. Tixomirovlar kafedraga birinchi o‘qituvchilar qilib yuborilgan edilar. Ular ko‘p kanalli aloqa apparaturalarining birinchi avlodini ishlab chiqishda ishtirok etdilar. Kafedrada aloqa texnikumi o‘qituvchilari va Respublika aloqa vazirligi yetakchi mutaxassislari mashg‘ulotlar olib bordilar. Bular safiga Moskva va Leningrad elektrotexnika aloqa institutlari (MEAI va LEAI) ni tugatib kelgan M.G.Vasileva, N.Y.Suslovlar qo‘shildilar. “Telekommunikatsiya uzatish tizimlari” kafedrasiga birinchi mudir etib N.Y.Suslov tayinlandi. Kafedrani 1962-1972 yillar davomida Leningraddagi “Uzoq aloqa” korxonasining ilmiy xodimi lavozimida ishlagan va ko‘p kanalli signallarni zichlashtirish uskunalarini ishlab chiqishda ishtirok etgan, texnika fanlari nomzodi, dotsent A.P.Chernenko boshqardi.

1972 yili kafedraga t.f.n., dotsent I.R.Berganov mudir etib saylandi. Bir yildan so‘ng kafedraga fan nomzodlarini tayyorlash huquqi berildi. Kafedrada 1970 yillarning boshida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib qaytgan X.A.Sharifova, aspiranturani tugatib qaytgan R.I.Isaev, B.K.Abidov, F.B.Kuzaxmetova, V.S.Smorshevskiylar ish boshladilar. Ular safiga Toshkent shahar telefon aloqasi stansiyasidan L.N.Torskaya kelib qo‘shildi. 70-yillarda kafedra o‘z ilmiy yo‘nalishini shakllantirdi. “Uzatish tizimlarining xizmat qilishga yaroqliligi va uni oshirish choralarini ishlab chiqish”, “Birlamchi aloqa tarmog‘ining texnik xizmatini avtomatlashtirish” mavzularida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi.

1975-1982 yillarda R.I.Isaev, M.N.Baxtiyorov, M.A.Akilxanova va V.S.Smorshevskiylar nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildilar.

1982 yilda kafedraga texnika fanlari nomzodi, dotsent X.A.Sharifova mudir etib saylandi.

1983 yili R.I.Isaev rahbarligida aloqa sohasidagi oliy o‘quv yurtlar orasida birinchi bor 30 ta telefon kanaliga mo‘ljallangan tolali optik uzatish tizimi ishlab chiqildi, tayyorlandi va ishga tushirildi. Shu yili kvant generatorlari ixtirochilaridan biri, Nobel mukofoti laureati, SSSR FA akademigi A.M.Proxorov va SSSR FA muxbir a’zosi Y.M.Dianovlar institutga tashrif buyurdilar. Ular kafedra laboratoriyasida bo‘lib, axborotni tolali optik tizimi orqali uzatish bo‘yicha laboratoriya ishlari bilan tanishib, bu ishlariga yuqori baho berdilar. 1984-yili R.I.Isaev birinchi bor ko‘p kanalli elektr aloqa fakul’teti talabalariga “Optik tolali raqamli uzatish tizimlari” kursidan ma’ruza o‘qiy boshladi va uning rahbarligi ostida O‘rta Osiyo Respublikalari va Qozog‘istonda birinchi bo‘lib Toshkent shahri 34 va 41-ATS lar o‘rtasida 4 km.li tolali optik aloqa liniyasi qurildi. 1989 yilda ToshTTS va Zangiota tumani markazi o‘rtasida 16 km. uzunlikli hududiy tolali optik aloqa liniyasi qurilib, bu liniya orqali 120 ta telefon kanalini uzatish ishlari tashkil etildi. Institut o‘quv ishlab-chiqarish bazasida aloqa ob’yektlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 250 vattli gibrid quyosh-shamol tizimi ishlab chiqildi va qurildi. 1997-2004 yillarda 5 kVt.li, 10 kVt.li gibrid stansiyalar qurildi, 2014 yilda "O‘zbektelekom” AK 40 dan ortiq ob’yektlarida quyosh elektrostansiyalari ishga tushirildi va 2010 yilda O‘zbekiston Respublikasi nomidan O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi orqali “Elektr aloqani rivojlantirish” Xalqaro konferensiyasida “Qishloq joylarda va ommaviy elektr tarmog‘idan uzoq joylarda joylashgan ob’yektlarni barqaror elektr energiya bilan ta’minlovchi quyosh-shamol-dizel generatorli elektrostansiya” nomli ish qabul qilindi va 2015 yildan uni qurish ishlari olib borilmoqda.

O‘tgan asrning 80-yillari oxirlarida o‘z ilmiy izlanishlarini yakunlab, B.M.Mahkamjonov (dotsent R.I.Isaev rahbarligida) va S.N.Ursov nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildilar.

1991 yil sentabrdan 2005 yil yanvar oyigacha kafedra mudiri vazifasini yana dotsent I.R.Berganov bajardi.

1996 yili kafedra tomonidan Toshkent telegraf-telefon stansiyasida uning filiali tashkil etildi. Kafedra filiallariga turli yillar davomida t.f.n., dotsent M.Sh.Zaxidov, R.D. Sulaymonov, A.G. Voytsexovskiy, t.f.d., dotsent S.A.Agzamovlar mudirlik qildilar.

2002-yili kafedra aspiranti V.A.Chanishev (dotsent I.R.Berganov raxbarligida) nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.

2005-2006 o‘quv yilidan boshlab kafedra qayta tashkil etilib, uning tarkibiga “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” kafedrasi a’zolari ham qo‘shildilar va kafedraga texnika fanlari nomzodi, dotsent R.I.Isaev mudir etib tayinlandi. 2005-2011 yillar davomida kafedra dastlab texnika fanlari nomzodlari, dotsentlar M.P.Parpiev, X.M.Xoshimov, katta o‘qituvchilar R.N.Radjapova, R.K.Atametov, G.J.Axmedova, L.P.Bildina, U.N.Karimova, G.X.Mirazimova, N.A.Poletaeva, D.X.Ibatova, assistentlar N.A.Karimova, G.Q.Muratova, G.S.Raxmonova, Sh.A.To‘laganovalar tarkibida faoliyat ko‘rsatdi. 2006/2007 o‘quv yilidan boshlab, ular safiga “Elektronika va sxemotexnika” kafedrasidan taklif qilingan f.-m.f.n., dotsent N.Yu.Yunusov qo‘shildi. 2009/2010 o‘quv yilida kafedra yana bir bor qayta tashkil etilib, uning tarkibiga “Aloqa liniyalari” kafedrasi a’zolari – dotsentlar B.Davletyarov, S.S.Sidiqov, katta o‘qituvchilar – S.N.Dudyuk, R.Z.Kamaliddinov, R.O‘.O‘ktamov, assistent O.X.Nushtaevalar ham qo‘shildilar.

Kafedra aspiranti J.D.Muqimov 2011 yili (t.f.n., dotsent R.I.Isaev rahbarligida) «Защита информации каналов телекоммуникационных систем передачи» mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi.

Kafedra mudiri R.I.Isaev va dotsent N.Yu.Yunusovlarning tashabbuslari va faol harakatlari natijasida kafedrada 2007/2008 o‘quv yilidan boshlab 5A522203 – “Aloqa va axborotga ishlov berishning optik tizimlari” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura ochildi. 2007/2008–2010/2011 o‘quv yillari davomida uni 44 ta magistrant muvaffaqiyatli tugatdi. 2012/2013-2013/2014 o‘quv yillari davomida 5A301803 – “Axborot o‘lchov tizimlari” mutaxassisligi bo‘yicha 9 ta magistrant magistrlik dissertatsiyasini himoya qildi. Bugungi kunda ular Respublikamiz va xorijiy mamlakatlarda telekommunikatsiya va axborotlashtirish sohalarida faoliyat ko‘rsatmoqdalar.

Shu yillar davomida kafedrada magistratura talabalari uchun “Optik aloqa nazariyasi”, “Axborotga optik ishlov berish usullari va vositalari”, “Optoelektron qurilmalar sxemotexnikasi”, “Telekommunikatsiya tizimlarining barqaror ishlashi nazariyasi”, “Patentshunoslik, litsenziyalash va sertifikatlashtirish” fanlari bo‘yicha ma’ruza, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.

Kafedrada R.I.Isaev tashabbusi va rahbarligida “Optik aloqa tizimlari” laboratoriyasi tashkil etilib, u optik aloqa tizimlarining aktiv va passiv elementlari xarakteristika va parametrlarini, mazkur tizim ish xususiyatlarini tadqiq etish imkonini beradigan zamonaviy laboratoriya qurilmalari bilan jihozlandi.

Bu ishlarning natijasi e’tiborga olinib, universitet Ilmiy kengashi qarori bilan R.I.Isaev kafedra professori, R.N.Radjapova dotsent lavozimlariga o‘tkazildi.

2011-2013 yillar davomida kafedraga t.f.n. J.T.Maxsudov, t.f.n., dotsent M.P.Parpievlar mudirlik qildilar.

Kafedrada u tashkil etilgan vaqtdan boshlab 4000 ga yaqin mutaxassislar tayyorlandi, 400 ga yaqin ilmiy maqolalar, 5 ta darslik yaratildi, 100 ga yaqin uslubiy va o‘quv qo‘llanmalari chop etildi, 20 ta ixtiroga mualliflik guvohnomasi olindi, 6 ta nomzodlik, 60 ga yaqin magistrlik dissertatsiyalari himoya qilindi.

"Telekommunikatsiya injiringi” kafedrasining yangi tarixi

 TATU rektorining 2013 yil 29 avgustdagi 905-sonli buyrug‘iga asosan sobiq "Telekommunikatsiya tarmoqlari va kommutatsiya tizimlari” va "Telekommunikatsiya uzatish tizimlari” kafedralari bazasida "Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi tashkil etildi. Yangi tashkil etilgan kafedrada t.f.n. dotsent A.M.Eshmuradov esa kafedra mudiri lavozimiga tayinlandi hamda 2019 sentabr oyigacha kafedrani boshqardi. 2019 yil sentabr oyidan kafedra mudiri lavozimida PhD., dotsent vazifasini bajaruvchi M.B.Abdujapparova faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Hozirgi vaqtda kafedrada jami 12 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Shulardan: 1 nafar fan nomzodi, professor; 4 nafar fan nomzodlari (va PhD), dotsentlar; 3 nafar katta o‘qituvchi, 3 nafar assistentlar hamda 1 nafar stajyor-o‘qituvchilardir.

Qariyb so‘nggi 10 yil davomida kafedraning professor-o‘qituvchilari ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlar borasida salmoqli yutuqlarga erishdilar. S.A.Sadchikova (2012 y.) hamda UNICON.UZ DUK da faoliyat yuritayotgan J.D.Mukimov (2012 y.) lar t.f.n., prof. V.M.Son, t.f.n., prof. R.I.Isaevlar rahbarligida nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. 2018 yil M.B.Abdujapparova prof. A.A.Xalikov rahbarligida, 2019 yil A.A.Muradova esa prof. T.N.Nishanbayev rahbarligida o‘zlarining dissertatsiyalarini himoya qilib, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldilar.

Kafedra o‘qituvchilari telekommunikatsiya, dasturlash texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha Hindiston (ass. X.G. Soatov), Koreya Respublikasi (ass. X.G.Soatov, R.X.Nasimov, ass. J.A.Abdujalilov, A.A.Muradova), Belorussiya, Yaponiya, Xitoy ( dots. M.B.Abdujapparova, dots. S.A.Sadchikova), Belgiya, Malayziya, Shveytsariya, Singapur, Gretsiya mamlakatlari yetakchi universitetlarida, o‘quv markazlarida malaka oshirib qaytdilar. Kafedra NEC (Yaponiya), SHANHAY BELL, ZTE, Huawei (Xitoy), Daewoo (Koreya), Siemens (Germaniya) firmalarining Toshkentdagi vakolatxonalari mutaxassislari bilan ham doimiy aloqada bo‘lib kelmoqda.

So‘nggi ikki o‘quv yili davomida kafedra a’zolari tomonidan “TATU xabarlari”, “Muhammad al-Xorazmiy avlodlari” ToshDTU xabarlari, The Advanced Science Journal (USA) jurnallarida 30 dan ortiq ilmiy maqolalar, Xalqaro, Respublika va universitet konferensiyalarida 100 dan ortiq tezislar e’lon qilindi.

Universitet rektori bo‘yrug‘iga asosan "Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi o‘qituvchilari “Telekommunikatsiya texnologiyalari” fakul’tetining akademik guruhlariga murabbiy etib tayinlanganlar. Kafedra o‘qituvchilari o‘zlariga biriktirilgan guruh talabalari bilan ma’naviy-ma’rifiy, madaniy-ahloqiy va tarbiyaviy ishlar olib borishadi.

Guruh murabbiylari murabbiylik soatlarida talabalarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risidagi” qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, odob-ahloq qoidalari, universitetning ichki tartib qoidalari va soha korxonalari faoliyati bilan tanishtirib boradilar. Guruh talabalari madaniy-ahloqiy ishlar bo‘yicha universitetda o‘tkazilayotgan turli tadbirlarda va bayramlarda ishtirok etib kelmoqdalar. Murabbiylar shuningdek reja asosida talabalarning Aloqa muzeyi, Xotira xiyoboni, Amir Temur muzeyi, Yoshlar ijodiy uyi, Alisher Navoiy nomli milliy kutubxona va soha korxonalaridan “O‘zbektelekom” AK “Telekommunikatsiyalar va personalni rivojlantirish markazi” filiali, “UzMobile” korxonalariga ekskursiyasini uyushtirib boradilar. Ma’naviyat va ma’rifat soatlarida “Muomala madaniyati”, “Xalq an’analari va urf-odatlari yoshlar tarbiyasining asosi”, “Buyuk allomalarimizning ibratli hayoti”, “Ogohlik davr talabi”, “Terrorizmga qarshi kurash”, “Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash” mavzularida suhbatlar olib borishadi.

Kafedrada shuningdek ustoz-shogird tizimi bo‘yicha kafedraning yetakchi o‘qituvchilari R.I.Isaev, A.M.Eshmuradov, S.A.Sadchikova, M.B. Abdujapparova, A.A. Muradovalar magistratura bosqichidagi talabalar bilan muntazam ravishda shug‘ullanib kelmoqdalar.

Bakalavriat

5350101

"Telekommunikatsiya texnologiyalari” (Telekommunikatsiyalar)

Magistratura

70611001

Telekommunikatsiya injiniringi («Telekommunikatsiya tarmoqlari»)

70611005

Optik tolali tarmoqlar texnik ekspluatatsiyasi

KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR

Bakalavriat:

  • Multimediali aloqa tarmoqlari;
  • Keyingi avlod konvergent tarmoqlari;
  • Optik aloqa tizimlari.

Magistratura:

  • IMS ga kirish;
  • IMS signal protokollari;
  • Optik aloqa tarmoqlar;
  • Optik transport tarmoqlari;
  • Optik aloqa tarmoqlarida texnik xizmat ko‘rsatish;
  • Optik aloqa tarmoqlarining texnik ekspluatatsiyasi;
  • Optik aloqa tarmoqlarini loyihalashtrish;

  • Abdujapparova Mubarak Baltabaevna - kafedra mudiri, PhD;
  • Isaev Rixsi Isaxodjaevich – t.f.n., professor;
  • Eshmuradov Abdimurod Mengtashevich – t.f.n. dotsent;
  • Sadchikova Svetlana Aleksandrovna – t.f.n. dotsent;
  • Muradova Alevtina Aleksandrovna – PhD, dotsent v.v.b;
  • Mirazimova Gulnora Xasanovna – katta o‘qituvchi;
  • Normatova Dilbar Turgunovna – katta o‘qituvchi;
  • Davletova Xolisaxon Rahimdjanovna – assistent;
  • Kadirova Laylo Imomaliyevna - assistent;
  • Tursimuratov Saparniyaz Salauatovich - assistent;
  • Komilov Rasul Komilovich - stajyor o‘qituvchi;
  • Almardanov Muxriddin Xurram o‘g‘li - stajyor o‘qituvchi;
  • Raximov Abdug‘ofur Olimjon òĝli stajor òqituvchi
  • Jurabekov Avazbek Rustambek òĝli òrindosh, stajor òqituvchi

O‘rindosh professor-o‘qituvchilar:

  • Xaytbaev Aybek Fayzullaevich - katta o‘qituvchi;
  • Sherjanova Komila Saparbayevna - stajyor o‘qituvchi;

Bajarilayotgan davlat va chet el grantlari

  • «Optik axborot uzatish tizimlari negizida shahar va qishloq telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish» (A.Z.Arifdjanov)
  • «Optik tolali aloqa kabellarining ishonchliligini tadqiq qilish» (t.f.n. professor R.I.Isayev)
  • «Abonent maxfiy ma’lumotlarini kriptografik himoya qilish uchun apparat va dasturiy ta’minotni ishlab chiqish» (t.f.n. professor R.I.Isaev)
  • «Aloqa obyektlarining avtonom quyosh elektr stantsiyalari ishlashini monitoring qilish uchun axborot-o‘lchov tizimini tadqiq qilish va ishlab chiqish» (t.f.n. professor R.I.Isayev)

Kafedraning ilmiy-uslubiy ishlari

  • Eshmuradov A.M., Soatov X.G., Muzafarov F.A.-“Internet tarmoqlari va xizmatlari”. (Darslik). –T.:“Aloqachi”, 2017, 476 bet.
  • Эшмурадов А.М., Садчикова С.А., Абдужаппарова М.Б. -“Широкополосные сети”. Методическое пособие. –Т.:“Алокачи”, 2017, 216 стр.
  • Исаев Р.И. -“Мультимедийные сети связи”. Учебное пособие. –Т.: ТАТУ, 2016, 178 стр.
  • Radjapova R.N. -“Keyingi avlod konvergent tarmoqlari”. O‘quv qo‘llanma. –T.: “Aloqachi”, 2017, 240 bet.
  • Mirazimova G.X., Yunusov N.Yu. -“Optik aloqa tizimlari”. Uslubiy qo‘llanma. –T.: “Aloqachi”, 2017, 196 bet.
  • Ibatova D.X. -“Mul’timediali aloqa tarmoqlari”. O‘quv qo‘llanma. T.: TATU, 2017, 259 bet.
  • Eshmuradov A.M., Normatova D.T., - “Abonent kirish tarmoqlari ” (O‘quv qo‘llanma), 2018.
  • Muradova A.A., “ Keyingi avlod konvergent tarmoqlari ” (Darslik, rus tilida) 2018
  • Eshmuradov A.M., Xaytbayev.A.F., - “Kommutatsiya tizimlari” (O‘quv qo‘llanma), 2019
  • Isayev R.I., Ibatova D.X., - “Multimediyali aloqa tarmoqlari” (Darslik), 2019.
  • M.B.Abdujapparova., S.A.Sadchikova.,-“Internet tarmoqlari va xizmatlari” (Darslik) 2019
  • Eshmuradov A.M., Radjapov R.N., Normatova D.T., - “Keyingi avlodning konvergent tarmoqlari” (Darslik) 2020
  • Xalikov A.A., Abdujapparova M.B., - “Telekommunikatsiya tarmog‘iga keng polosali kirishning o‘tkazish qobiliyatini baholash usulini ishlab chiqish” (monografiya), 2020

Kafedraning rivojlanishidagi halqaro hamkorliklar

  • KAIST, INHA universitetlari (Janubiy Koreya);
  • Drezden texnika universiteti (Germaniya);
  • Vebster universiteti (AQSH);
  • Ilg‘or axborot texnologiyalarini rivojlantirish markazi, CDAC (Hindiston);
  • Belorussiya davlat informatika va radiotexnika universiteti;
  • Rossiyaning yetakchi universitetlari.
  • "O‘zbektelekom” AK;
  • "O‘zbektelekom” AK "Telekommunikatsiya transport tarmog‘i” filiali;
  • "O‘zbektelekom” AK "Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish markazi” filiali;
  • "O‘zbektelekom” AK "Toshkent shahar telefon tarmog‘i” filiali;
  • "O‘zbektelekom” AK "ToshTelekom” filiali;
  • UNICON.UZ DUK;
  • "Huawei” kompaniyasining mintaqaviy filiali;
  • "ZTE” korporatsiyasi mintaqaviy filiali.

Kafedraning soha korxonalari bilan istiqbolli hamkorlik aloqalari

  • "O‘zbektelekom” AK;
  • "O‘zbektelekom” AK "Telekommunikatsiya transport tarmog‘i” filiali;
  • "O‘zbektelekom” AK "Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish markazi” filiali;
  • "O‘zbektelekom” AK "Toshkent shahar telefon tarmog‘i” filiali;
  • "O‘zbektelekom” AK "ToshTelekom” filiali;
  • "Huawei” korporatsiyasi mintaqaviy filiali;
  • "ZTE” korporatsiyasi mintaqaviy filiali.