
Kafedra mudiri:
PhD, dotsent v.b. Abdujapparova Mubarak Baltabayevna
Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi zamonaviy aloqa tizimlari va texnologiyalarini o‘rganish, loyihalash hamda ularni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi. Kafedra faoliyati raqamli va optik aloqa, simsiz tizimlar, tarmoq protokollari hamda ma’lumotlarni uzatish texnologiyalarini chuqur o‘rganishga yo‘naltirilgan. Ilmiy loyihalar orqali talabalar va ilmiy xodimlar amaliy muammolarni hal qilishga qaratilgan innovatsion yechimlarni ishlab chiqadilar. Kafedra, shuningdek, telekommunikatsiya sohasidagi dolzarb muammolarni aniqlash va ularni yechish uchun xalqaro hamkorlikda ishlaydi. Ta’lim jarayoni ilm-fan va sanoat talablariga mos holda, ilg‘or texnologiyalar asosida tashkil etilgan.
Bugungi kunda kafedrada texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Abdujapparova Mubarak Baltabayevna Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasida mudirlik qilmoqda. Kafedra tashkil topganidan buyon 4000 ga yaqin yuqori malakali mutaxassislar tayyorlandi, 400 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr etildi, 5 ta darslik va 100 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chop etildi, 20 dan ziyod ixtiroga mualliflik guvohnomalari olindi.
2013 yil 29-avgust kuni TATU rektorining 905-sonli buyrug‘iga asosan “Telekommunikatsiya tarmoqlari va kommutatsiya tizimlari” hamda “Telekommunikatsiya uzatish tizimlari” kafedralari birlashtirilib, zamonaviy talablarga javob beruvchi “Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi tashkil etildi. Yangi tashkil etilgan kafedraga texnika fanlari nomzodi, dotsent A.M. Eshmuradov kafedra mudiri lavozimiga tayinlandi va 2019 yilgacha ushbu lavozimda samarali faoliyat olib bordi. 2019-yildan boshlab esa kafedraga texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent M.B. Abdujapparova rahbarlik qilib kelmoqda.

Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi tarkibi
Bugungi kunda kafedrada asosiy ish o‘rnida 11 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Ulardan 1 nafar fan nomzodi, professor; 5 nafar fan nomzodi (yoki PhD), dotsent; 3 nafar katta o‘qituvchi va 2 nafar stajyor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda.
Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi so‘nggi yillarda amaliy va ilmiy faoliyatni kuchaytirish maqsadida o‘quv laboratoriyalarini rivojlantirish va yetakchi telekommunikatsiya kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash yo‘lida izchil sa’y-harakatlar olib bormoqda.
Kafedrada “Keyingi avlod konvergent tarmoqlari” va “Optik aloqa tizimlari” kabi zamonaviy laboratoriya xonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu laboratoriyalar amaliy mashg‘ulotlarni bajarish uchun kerakli texnik vositalar bilan jihozlangan.
Kafedraning sanoat bilan integratsiyalashgan faoliyati ayniqsa “O‘zbektelekom” AKning “Toshkent shahar telefon tarmog‘i” va “Telekommunikatsiya transport tarmog‘i” filiallari bilan tuzilgan hamkorlik memorandumlari asosida yangi bosqichga ko‘tarildi. “O‘zbektelekom” AK “Toshkent shahar telefon tarmog‘i” filiali ko‘magida “Optik kirish tarmoqlari”, “Telekommunikatsiya transport tarmog‘i” filiali yordamida esa “Telekommunikatsiya transport tarmog‘i” o‘quv laboratorilari tashkil etildi. Ushbu laboratoriya orqali talabalar tolali optik kirish tarmoqlari hamda transport tarmoqlari sohasidagi amaliy ko‘nikmalarni chuqurlashtirmoqda.

"Optik kirish tarmoqlari" o‘quv laboratoriyasining ochilish marosimi
BAKALAVRIAT
- 60611000 "Telekommunikatsiya texnologiyalari” (Telekommunikatsiyalar)
MAGISTRATURA
- 60611000 "Telekommunikatsiya texnologiyalari” (Telekommunikatsiyalar)
KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR
Bakalavriat:
- Multimedia aloqa tarmoqlari;
- Optik aloqa tizimlari;
- IMS – tuzilma va xizmatlar;
- Fotonik aloqa;
- IoT: aloqa va protokollar;
- Telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalashtirish.
Magistratura:
- IMS ga kirish;
- IMS signal protokollari;
- Optik aloqa tarmoqlar;
- Optik kirish tarmoqlari;
- Optik transport tarmoqlari;
- Aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish va ekspluatatsiyasi;
- Keyingi avlod tarmoqlari;
- Aloqa tarmoqlarida teletrafika nazariyasi;
- Optik aloqa tarmoqlarining sinxronizatsiyasi;
- Aloqa tarmoqlarida metrologiya va standartlashtirish.
PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR
- Abdujapparova Mubarak Baltabaevna - kafedra mudiri, PhD;
- Isaev Rixsi Isaxodjaevich – t.f.n., professor;
- Sadchikova Svetlana Aleksandrovna – t.f.n. dotsent;
- Muradova Alevtina Aleksandrovna – PhD, dotsent;
- Mirazimova Gulnora Xasanovna – dotsent;
- Xaytbaev Aybek Fayzullaevich – PhD, dotsent;
- Normatova Dilbar Turgunovna – katta o‘qituvchi;
- Davletova Xolisaxon Rahimdjanovna – katta o‘qituvchi;
- Tursimuratov Saparniyaz Salauatovich – katta o‘qituvchi;
- Mirjalolova Nargiza – o‘qituvchi-stajyor;
- Qo‘ziyev Shaxzod – o‘qituvchi-stajyor.
O‘RINDOSH PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR:
Ichki:
- Ochilov Laziz Siddiqovich – PhD, dotsent;
- Jo‘rabekov Avazbek Rustambek o‘g‘li – assistent;
- Raximov Abdug‘ofur Olimjon o‘gli – assistent;
- Abilova Rayhon – assistent;
Tashqi
- Ismanov Kobuljon Abduraxmonovich - PhD, dotsent;
- Axmedov Dilshod – katta o‘qituvchi;
- Nijgorodov Anton Olegovich – PhD, dotsent.
KAFEDRANING ILMIY-USLUBIY ISHLARI
- Eshmuradov A.M., Xaytbayev.A.F., - “Kommutatsiya tizimlari” (O‘quv qo‘llanma), 2019
- Isayev R.I., Ibatova D.X., - “Multimediyali aloqa tarmoqlari” (Darslik), 2019.
- B.Abdujapparova., S.A.Sadchikova, Internet tarmoqlari va xizmatlari. (Darslik). T.: "Nashriyoti," 2019.
- Eshmuradov A.M., Radjapov R.N., Normatova D.T., - “Keyingi avlodning konvergent tarmoqlari” (Darslik) 2020
- Xalikov A.A., Abdujapparova M.B., - "Keng polosali telekommunikatsiya tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini baholash usulini ishlab chiqish" (monografiya), 2020
- Muradova A.A. "Multiservisli aloqa tarmog‘ining ishonchlilik ko‘rsatkichlari modellari va algoritmlari." Monografiya. "Nihol print." - Toshkent: 2022. 182 b.
- A.Muradova. “IMS asosida multiservisli tarmoqlar”. Darslik. «Aloqachi» nashriyoti. Oʻquv adabiyotining nashr ruxsatnomasi (Roʻyxatga olish raqami №727-0037). Toshkent - 2023. 288 b.
- Muradova A.A. "Multiservis aloqa tarmog‘ining ishonchlilik ko‘rsatkichlari modellari va algoritmlari," Monografiya, Toshkent - 2024, Toshkent shahri, Toshkent - "ALOQA PUBLISHING." - 161 b.
- A.Sadchikova, M.B.Abdujapparova, A.Sh.Shahobiddinov. Multimedia aloqa tarmoqlari. (Darslik). T.: "Ziyo nashr-matbaa," 2024. 487b.
- A.Sadchikova, M.B.Abdujapparova. IMS asosidagi multimedia tarmoqlari. (Darslik) / T.:"METODIST NASHRIYOTI," 2024, 304 b.
- Isayev R.I., Mirazimova G.X., Ibatova D.X. Optik aloqa tizimlari. Darslik. - Toshkent, “METODIST NASHRIYOTI” - 202 – 476 b.
- - S.A.Sadchikova, M.B.Abdujapparova. Keng polosali assotsiativ kommutatsiya tarmoqlarining modellari va hisoblash usullari. Monografiya. 2024-yil
- Isayev R.I., Mirazimova G.X. Optik aloqa tarmoqlari. Darslik. - Toshkent, “INNOVATSIYA-ZIYO” - 2025. – 228
- Mirazimova G.X. Optik aloqa tizimlari. Darslik. - Toshkent, "METODIST NASHRIYOTI" - 2025. - 440 b.
- Mirazimova G.X. Optik aloqa tizimlari element bazasi. O‘quv qo‘llanma. Toshkent, “INNOVATSIYA-ZIYO” - 202 – 254 b.
- Isayev R.I., Xasanov N.N., Mirazimova G.X. Optik kirish tarmoqlari. Darslik. - Toshkent, "O‘zbekiston" nashriyoti, 2021. - 284 b.
- Parsiyev S.S., Abdujabbarova M.B., Badalov J.I.,
“ Innofokommunikatsiya tarmoq tugunlarini optimal joylashtirish model va algoritmlari” (monografiya), 2025 - - S.A.Sadchikova, M.B.Abdujapparova. IMSga kirish. (Darslik). 2026, 313 b.
KAFEDRANING RIVOJLANISHIDAGI XALQARO HAMKORLIKLAR
- KAIST, INHA universitetlari (Janubiy Koreya);
- Belorussiya davlat informatika va radiotexnika universiteti;
- Rossiyaning yetakchi universitetlari.
- "Huawei” kompaniyasining mintaqaviy filiali;
- "ZTE” korporatsiyasi mintaqaviy filiali.
- "Versia IT" MChJ
KAFEDRANING SOHA KORXONALARI BILAN ISTIQBOLLI HAMKORLIK ALOQALARI
- "O‘zbektelekom” AK;
- "O‘zbektelekom” AK "Telekommunikatsiya transport tarmog‘i” filiali;
- "O‘zbektelekom” AK "Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish markazi” filiali;
- "O‘zbektelekom” AK "Toshkent shahar telefon tarmog‘i” filiali;
- “UNICON.UZ” MChJ;
- "Huawei” korporatsiyasi mintaqaviy filiali;
- "ZTE” korporatsiyasi mintaqaviy filiali.
KAFEDRANING O‘QUV LABORATORIYALARI
- "Keyingi avlod konvergent tarmoqlari" o‘quv laboratoriyasi
- "Optik kirish tarmoqlari" o‘quv laboratoriyasi
- "Telekommunikatsiya transport tarmog‘i" o‘quv laboratoriyasi
- "Optik aloqa tizimlari" o‘quv laboratoriyasi